Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalarning mohiyati


Abdulqosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (10751144)



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə6/8
tarix20.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#165363
1   2   3   4   5   6   7   8
Abdulqosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (10751144) 1075-yilning 19-martida Xorazmning Zamahshar qishlog’ida tug’ilgan. U hayoti davomida tinmay sayohat qilgan. Sayyoh-olim Sharq, xususan, musulmon mamlakatlarini 1100-1122 va 1127– 1139-yillarda ikki marta aylanib chiqqan. Zamahshariy Xuroson,
Eron, Arabiston, Iroq, Yaman, Suriya, Marv, Nishopur, Isfaxon, Bog’dod, Xijoz, Damashq va Makka shaharlarida bo’lib, asarlari uchun boy manbalar to’plagan.
Uning tilshunoslikka oid «Asos al-balog’a» (So’zga ustalik asoslari), «Samim al-Arabiya» (Arab tili mag’izi) va «Al- Kashshof» Qomusiy asari Qur’on tavsifiga oid asarlar o’rtasida eng mukammali ekanligi sharqshunos va arabshunos olimlar tomonidan tan olingan. Shu sababli, mazkur asardan dunyoning turli mamlakatlari universitetlarida asosiy darslik sifatida hozirgacha foydalanib kelinmoqda.
Hofizi Abru (1362-1431). Temuriylar sulolasining tarixchi va geografi Hofizi Abru Hirot shahrida tug’ilgan. Hayoti davomida ko’plab sayohatlarga chiqqan, Yevrosiyoning Hindistondan to Shomgacha bo’lgan yerlarini, Kavkaz va Rossiyaning ko’plab viloyatlarini kezgan. Uning o’zi bu haqda shunday yozib qoldirgan: «Yiroq safarlar asnosida Movarounnahr, Turkiston, Dashti Qipchoq, Xuroson, Iroq, Ozarbayjon, Eron, Mug’on, Gurjiston, Katta va kichik Armaniston, Rus va Shom yerlarining barchasini, Frot daryosi sohillarini, Xazar sohillarini, Qobulni, Mo’ltonni va Hindistonni ko’rdim».
Abdurazzoq Samarqandiy (1423-1482). 1441–1444-yillarda (Afanasiy Nikitindan 25 yil oldin, Vasko da Gamadan 56 yil oldin) Hindistonga dengiz orqali borish yo’lini birinchi bo’lib bosib o’tgan va ushbu yo’nalishdagi hududlarni geografik jihatdan tasvirlab bergan sayyoh vatandoshimiz Abdurazzoq Samarqandiydir. U sayohati davomida Xurosonning qumli cho’llari, Markaziy Osiyoning janubi, Ozarbayjon, Eron, Iroq orqali o’tib, Fors ko’rfazidan Arabistonga chiqqan va mazkur dengiz orqali Hindistonga yetib borgan. Hindistonga borgan mashhur rus sayyohi Afanasiy Nikitin va golland sayyohi Vasko da Gamalar Hindistonga dengiz yo’li bilan borishda vatandoshimiz Abdurazzoq Samarqandiyning asarlaridan foydalanganliklarini yozib qoldirishgan.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin