Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalarning mohiyati


Markaziy Osiyo allomalarining turizm bilan bog’liq sayohatlari



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə4/8
tarix20.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#165363
1   2   3   4   5   6   7   8
3. Markaziy Osiyo allomalarining turizm bilan bog’liq sayohatlari
Turizm qadim zamonlardan boshlab sayyoramiz xalqlari o’rtasida do’stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgan. Odamlar yangi o’lkalarni kashf etish, dunyoni ko’rish va bilish, savdo-sotiqni rivojlantirish, madaniy va diplomatik aloqalarni o’rnatish maqsadida sayohatga chiqqanlar. Savdo karvonlari yo’llari kesishgan, madaniyatlar va sivilizatsiyalar tutashgan chorrahada joylashgani uchun Markaziy Osiyo mintaqasi bu jarayonda muhim o’rin tutgan.
O’zga mamlakatlarga aniq maqsadlar bilan sayohat qilish Markaziy Osiyo o’lkasida qadim zamonlardan rivojlangan bo’lib, o’lkamizdagi ilk sayyohlik ko’rinishlari «Buyuk Ipak yo’li» ga borib taqaladi. Bunda milloddan avvalgi II asrda ochilgan Buyuk Ipak yo’lini ahamiyati nihoyatda katta bo’lgan. Bu yo’l faqat savdosotiq yo’li bo’lmay, ayni paytda dunyo xalqlari o’rtasida madaniyma’rifiy va ilm-fan taraqqiyoti hamda xalqaro aloqalar yo’li hamdir.
VII-VIII asrlarda arablar Movarounnahrni zabt etish yo’li bilan mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyatiga o’z ta’sirini o’tkazib, asta-sekinlik bilan islom dini kirib kela boshladi. Mahalliy xalqning islom diniga o’tishi bilan Markaziy Osiyoni Arab mamlakatlari Makkai Madina bilan bog’ladi. Islom dini farzlaridan biri hajga borish hisoblanib, movarounnahrliklar o’z yurtlaridan chiqib, Afg’oniston, Eron, Iroq, Suriya orqali o’tib, Saudiya Arabistonidagi Makka va Madina shaharlarida haj amalini bajarganlar. Bu yo’l mashaqqatli, og’ir, bir necha oy va yillarni o’z ichiga olgan bo’lsa-da, yildan-yilga hajga boruvchilarning soni ortib borgan.
Ziyoratchi-olimlarning eng mashhuri deb buyuk muhaddis Imom Ismoil al-Buxoriyni tan olamiz. Imom Ismoil al-Buxoriy o’z onasi bilan 17 yoshida hajga borib, bir necha yil Arabistonda yashaydi. U fiqh hadislarini yig’ish maqsadida Bog’dod, Damashq, Balx, Nishopur, Misr va boshqa ko’pgina arab shaharlarida 40 yil davomida sayohat qilib, hadislarni to’playdi. Bunga Imom alBuxoriyning zamondoshi Abu Iso Muhammad at - Termiziyni ham misol qilish mumkin. Shu davrda uning Bog’dodda ko’pgina shogirdlari ham bor edi.
Arab halifaligiga kirgan Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo’q qilinib, yerli bilimdonlar, tolibi ilmlar halifalikning markaziy shaharlari Damashq, Qohira, Bog’dod, Kufa va Basraga borib, bilim olishgan va arab tilida ijod qilishga majbur bo’lganlar. Bu shaharlar Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi bo’lib, ular orasida Bog’dod shahri eng mashhuri edi. IX asrda bu shaharda «Bayt-ul hikma» – «Donishmandlar uyi» Sharqning o’z davridagi Fanlar Akademiyasi tashkil etilgan edi.
«Bayt-ul hikma»da katta kutubxona hamda Bog’dodda va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu yerdagi toliblar tadqiqotlar bilan bir qatorda, qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o’rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug’ullanganlar. Bu yerda o’rta asar ilmu faniga katta hissa qo’shgan ko’pgina Movarounnahr va Xuroson olimlari ijod qilishgan. Quyida Markaziy Osiyo sayyoh olimlarining turizm sifatidagi sayohatlari bilan bog’liq faoliyatini keltiramiz.
Xorazm ilmiy maktabining ilk ko’zga ko’ringan namoyandasi Muhammad al-Xorazmiy bo’lib, u, amerikalik sharqshunos D. Sarton ta’biri bilan aytganda, ―Barcha zamonlarning eng ulug’ matematiklaridan biri edi‖.
Muhammad al - Xorazmiy Xorazmda tug’ilgan va Bog’dodda vafot etgan. Al- Xorazmiyning asarlarida hammasi bo’lib 537 joyning nomi, shaharlar, tog’lar (203 ta nom), dengizlar va orollarning nomlari, oxirida esa daryolar alohida-alohida yozilgan. Qizil dengiz, Hind va Atlantika okeanlari kabi nomlar uchraydi. Shuningdek, Azov dengizi, Nil daryosi havzalariga izoh berilgan. Italiyalik sharqshunos K. Nallino: ―Yevropadagi hech bir xalq Al-Xorazmiy erishgan yutuqqa erishgan emas va bunday asar yaratishga qobil emas edi‖, – deb yozgan edi. Al-Xorazmiyning sayohatlari natijasida yaratilgan geografik g’oyalari bu fanni yangi pog’onaga ko’tarib, IX asr boshlarida Sharqda yangi geografiya fanining yaratilishiga olib keldi.
Ahmad Farg’oniy Farg’onada tu-
g’ilgan va dastlabki ilmni shu yerda olib, voyaga yetgan. So’ng o’sha zamonda Sharqda mashhur bo’lgan Bog’doddagi ―Bayt-ul hikma‖ akademiyasida Muhammad al-Xorazmiy bilan ishlash baxtiga muyassar bo’lgan. Ahmad Far-
g’oniy Quyosh va Oy tutilishlarini ilmiy jihatdan isbotlab bergan, yulduzlar ilmining sultoni deb tan olingan Mirzo Ulug’bekdan besh asr oldin Quyosh va yulduzlarning harakat yo’nalishlarini, Yer shar shaklida ekanligini va u qutblar
deb ataluvchi ikki o’q atrofida harakatla-
nishini ham isbotlab bergan.
Oradan 800 yil o’tgach, Xristofor Kolumb hamda XVI asrda
Yer shari bo’ylab aylanma sayohatni amalga oshirgan Fernando Magellan ham Ahmad Farg’oniyning Yer shari hajmini hisoblash uchun ishlatgan bir daraja meridian uzunligi haqidagi hisobkitoblarning naqadar to’g’ri ekanligini yozib qoldirishgan. Ahmad Farg’oniy Nil daryosining suvini doimiy o’lchab turuvchi nilometr asbobini yasagan. Bu asbob bo’yicha butun Nil daryosi havzasida muvafaqqiyatli dehqonchilik qilingan. Bu asbob bo’yicha Nil daryosining toshqinli davrlari oldindan ma’lum bo’lgan va iste’mol qilingan suv uchun to’lanadigan soliq miqdori aniqlangan.
Misr hukumati vatandoshimiz Ahmad Farg’oniyning ushbu mamlakat oldidagi xizmatlariga yuksak ehtirom sifatida Nil daryosidagi Roda orolida uning haykalini o’rnatishga qaror qildi. Ushbu haykal Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2007-yilda Misrga qilgan rasmiy tashrifi chog’ida tantanali ravishda ochilgan.
Abu Rayhon Beruniyning umri doimo sayohat va bir shahardan ikkinchisiga ko’chib yurib, tadqiqotlar o’tkazish bilan o’tgan. Alloma Bog’dodda Oy tutilishini isbotlab bergan. Agar
Beruniyning butun umri davomida qilgan sayohatlarini sarhisob qilsak, u shimolda Xorazmga, janubda Hindistonga, g’arbda Kaspiy dengizi sohili va
Bog’dod oralig’ida sayohat qilgan.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin