Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116
ishchi kuchi taklifini 
pasaytiruvchi omillar vujudga keladi va ular ta’sir qila boshlaydi

shaxsiy yordamchi xo‘jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbir-
korlik va o‘z-o‘zini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, 
bandlikning egiluvchan va nostandart shakllarini kengaytirish, ishlab 
chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq etish, 
inflatsiya va ishsizlikni pasaytirish, mahalliy kadrlarning raqobat-
bardoshligi, safarbarligi va malakasini oshirish va boshqalar. 
Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarda esa bir qator 
omillar ishchi kuchiga talabning pasayishiga koʻmaklashadi. Xususan, 
bu ijara va xususiy mulkchilikni rivojlantirish, toʻlash qobiliyatiga ega 
boʻlmagan yoki ekologik zararli korxonalarni yopish, yangi yerlarni 
oʻzlashtirish koʻlamini qisqartirish, moddiy-texnikaviy va moliyaviy 
resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv texnologiyalarni qoʻllash, 
mehnat unumdorligini oshirish va h.k.lar. 
Bundan tashqari, mazkur hududlarda ishchi kuchi taklifini 
oshiruvchi omillar, xususan, kadrlarning malakasi va safarbarligi 
darajasining pastligi, mehnat resurslari soni oʻsish sur’atining ish joylari 
miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq xoʻjaligida ishlovchilarni ish 
joyidan ozod etish hollarining koʻpayishi, mehnatni qoʻllash 
mintaqalarining yetishmasligi va boshqalar mavjud. 
Shu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida 
ishchi kuchi taklifining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir 
koʻrsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan 
xodimlar va ish beruvchilarning tabiiy va mexanik harakatlari; yollan-
ma mehnatni tashkil qilishning turli-tuman uslublari; turmush uchun 
zarur boʻlgan mablag‘lar jamg‘armasi, yollangan xodimlarning pul 
daromadlari; nafaqaxoʻrlar va bolali ayollarning mehnat va ijtimoiy 
pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta 
tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati boʻlgan shaxslarni 


25 
mablag‘lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy 
imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xoʻjaligida va yollanmasdan «uy 
mehnati»da band boʻlganlarning soni; qurolli kuchlarda xizmat qiluv-
chilar soni va ularda xizmat qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy 
xizmatlarni takomillashtirish va h.k.lar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin