30
Laboratoriya ishini bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik qoidalari:
Laboratoriya mashg’ulotlarini bajaruvchi hamma talabalar texnika xavfsizligi bo’yicha
yo’riqnoma talablari bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Mazkur ishni bajarishda
talabalar
turli
mikroorganizmlarni,
asbob-uskunalarni
zararsizlantirish, ya’ni
mikroorganizmlardan xoli qilish usullari, sterilizatsiya amalga oshiriladigan asboblarning
tuzilishi haqida
ma’lumotlarga
ega bo’lishlari kerak. Shuningdek talaba o’qituvchi
yoki laborantning
ruxsatisiz turli moddalarni, asbob-uskunalarni o’zboshimchalik bilan
ishlatishi mumkin emas.
Ishning bajarilishi:
Sterillash (lotincha sterilis - naslsiz) fizik va kimyoviy usullar
yordamida mikroorganizmlarni o’ldirishdir. Mikrobiologiya
amaliyotida sterillash eng
asosiy va zarur usullardan biridir. U faqat sterillanayotgan ob’ektning sirtidagi
mikroorganizmlarni o’ldiribgina qolmay, balki ob’ekt ichidagi mikroorganizmlarni ham
o’ldiradi. Oziqli muhitlar, idishlar, har xil asboblar va boshqa narsalar sterillanadi. Klinik
va profilaktik tibbiyot uchun sterillashning ahamiyati katta. Mikroorganizmlarni o’ldirish
oziq moddalarni konservalashning asosidir. Sterillashning turli usullari bor: bug’, havo,
kimyoviy, ion nurlanish va boshqa usullar. Qaysi usulni tanlash o’rganilayotgan ob’ekt,
uning qo’llanilishi va qanday apparatura borligiga bog’liqdir. Sterillash usuli asosan 2
guruhga bo’linadi: issiq
sterillash, sovuq sterillash.
Issiq sterillash: a) flombirlash - olovda qizdirish,
b)quruq issiq ta’sirida sterillash,
v) qaynatish - ayrim buyumlar (metall asboblar, filtrli membranalar) ba’zan distillangan
suvda uzoq qaynatish
davomida sterillanadi,
g) o’tuvchi par yordamida bug’lash - bu usulda sterillash me’yoridagi bosimda Kox
apparatida amalga oshiriladi,
d) pasterizatsiya - qisman sterillash yoki to’liq bo’lmagan sterillash bo’lib,
uni birinchi
bo’lib Paster tavsiya qilgan,
y) avtoklavda bosim ostida to’yingan bug’ yordamida sterillash (avtoklavlash). Bu
usuldan amalda keng foydalaniladi, hususan meditsina va
mikrobiologiya amaliyotda
keng qo’llaniladi. Avtoklavlash asosan materiallarni termik kamerada, atmofera bosimi
yuqori bo’lgan to’yingan bug’ yordamida qizdirishga asoslangan.
Sovuq sterillash usullari:a) filtrli sterillash mikrobiologiya
amaliyotida keng
qo’laniladi:Zeytts filtrlari, shamberlan,
shishadan qilingan filtrlar, membranali filtrlar),
b) ultrabinafsha nurlar,
v) gazli sterillash(ular turli gaz aralashmasi yordamida maxsus germetik yopiladigan
apparatlarda olib
boriladi,eng samarali aralashma etilen oksidi va metil bromiddir),
g) dezinfektsiya.
Dostları ilə paylaş: