Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Nazariy tushuncha: Suv mikroflorasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Nazariy tushuncha: Suv mikroflorasi
. Suv tarkibidagi organik va anorganik 
moddalarning miqdoriga qarab, mikroblarning soni ham turlicha bo’ladi. Suvdagi 
mikroblarning ko’pchiligi saprofit hayot kechiradi. Ular orasida kasallik qo’zg’atuvchi 
mikroorganizmlar ham uchraydi. Bularning ko’pchiligi suv ostidagi loyqaga joylashadi. 
Uning tarkibida mikroblar yashashi uchun barcha zarur sharoit mavjud. Lekin suvga 
tushgan quyosh nurlari va suv tarkibidagi bakteriofag, sodda hayvonlar, antagonist 
organizmlar ishlab chiqargan mahsulotlar ta’sirida mikroorganizmlar keng tarqala 
olmaydi. SHuning uchun suvda mikroblar soni tuprokdagiga nisbatan ancha kam bo’ladi. 
Ishning bajarilishi: 
Suvdagi mikroblar sonini aniqlash uchun Petri idishiga 1 ml
 
suv quyib, unga eritilgan GPJ yoki GPA dan 10-12 ml
 
chamasi qo’shib aralashtiriladi. 
GPJ yoki GPA qotib qolgandan so’ng idish 25-30° li termostatga qo’yilib bir sutka 
saqlanadi. SHundan so’ng qattiq oziq muhitida hosil bo’lgan bakteriya, mikroblar 
koloniyasining soni Volfgyugel kamerasi yordamida aniqlanadi.
Suvni tozalash
. Tozalash uchun suv avval maxsus tindirgichlarda tindiriladi, bunda 
mikroorganizmlarning 75% cho’kadi. Cho’kish protsessi tez borishi uchun suvga 
koagulyant (ohak yoki glinozyom) qo’shiladi, so’ngra mayda shag’al va qum orqali 
filtrlanadi. Shundan keyin esa xlorlanadi. Suvning tarkibidagi ichak tayoqchasi titr orqali 
aniqlanadi. Agar 
300—500
ml suvda bir dona ichak tayoqchasi topilsa, suv 
toza 
hisoblanadi, shundan keyin bu suv vodoprovod orkali aholiga yuboriladi.


29 
Ichak tayoqchasi 
(Ye. soli)
uchraydigan suvning eng kam miqdori (ml.da) 
soli-titr
deyiladi.
Koli - indeks
deb ataladigan suvning yana bir tozalik ko’rsatkichi bo’lib, 1l suvda 
uchraydigan koli tayoqchalarining miqdoriga aytiladi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin