Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


-rasm. Korxonadagi marketing samaradorligi yo’nalishining



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
1.1.2-rasm. Korxonadagi marketing samaradorligi yo’nalishining 
tashkiliy qismlari
37
 
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab 
chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib 
marketing hisoblanadi hamda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish 
tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Marketing kichik biznes va tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu 
nafaqat yoqilg’i, balki kema komandasidir.Kichik biznes va tadbirkorlik 
faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda kichik biznes va 
tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi hamda 
kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, 
rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» kontserni 
boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons kichik biznes va tadbirkorlikda marketingni 
o’rnini tavsiflab shunday deydi, ya’ni «Marketing kichik biznes va 
tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema komandasidir»5 
. Marketing asosida bozorni har tomonlama o’rganish yo’nalishlarining 
asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur: - talabni o’rganish; - bozor 
tarkibini aniqlash; - tovarni o’rganish; - raqobat sharoitlarini tadqiq qilish; - sotish 
shakli va uslublarini tahlil etish. Marketing quyidagilarni o’rgatadi: - bozorni 
o’rganish; - uni taqsimlash; - tovarlarni joylashtirish; - marketing siyosatini olib 
borish; - tovar siyosati; - narx siyosati; - taqsimot siyosati; - siljitish (yo’naltirish) 
37
Корхонадаги маркетинг самарадорлиги йўналишининг ташкилий қисмлари 
харидорларга 
эътиборини 
қаратиш 
маркетинг 
интеграцияси 
тезкор 
самарадорлик 
стратегик 
йўналтирганлик 
маълумотлар 
нинг 
ишончлилиги 


130 
siyosati; - yuksalish, qo’shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan 
keyingixizmat, kafolat va texnik yordam, etkazib berish, assortiment, shaxsiy 
iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin). Marketing korxonalarning bozorda 
ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ularning talab 
istaklarini o’rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib
berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, 
tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga 
talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Marketing tamoyillari 
marketing asosi va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni 
mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab 
ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat. 
Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi. Marketingning 
asosiy tamoyillari: - bozorni bilish; - unga moslashish; - bozorga ta’sir o’tkazish. 
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha 
asosiy tamoyillar kelib chiqadi: - iste’molchilarga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni 
iste’molchi shohdir; - istiqbolga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati 
istiqbolga yo’naltirilgan bo’lishi zarur; - pirovard ko’rsatkichga erishishga 
yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor hissasi, foyda oshishi va hokazolar. Marketing 
kontseptsiyasining mazmuni uning vazifalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. 
Marketing vazifalari quyidagi guruhlarga bo’linadi: - marketing tadqiqotlari; - 
mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish; - sotish va taqsimot 
vazifasi; - tovarni siljitish; - narxni tashkil etish vazifasi; - marketing-menejment 
vazifasi. Marketing vazifalari firmaning boshqa vazifalari, ya’ni ishlab chiqarish, 
kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari 
bilan birga amalga oshiriladi. Marketingning vazifalari xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning boshqa vazifalaridan farqi shundan iboratki, marketing vazifalari 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida 
ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgan. 
Shuning uchun ham marketing vazifalari doimo o’zgarib boradigan ehtiyoj 
hamda talabning shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi. Xulosa qilib 


131 
aytganimizda bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes 
sub’ektlarida marketing tizimlarini yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlarda 
amaliyotda keng foydalanishga tadbiq etish, mamlakatimiz sharoitiga mos 
marketing strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, shubhasiz kichik 
biznes sub’ektlarining ishbilarmonlik faoliyatini va iqtisodiyot tuzilmalarining 
rivojlanishini to’la ta’minlaydi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin