Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

Сегментлаш тамойиллари 
Демографик 
Ҳолат 
Хулқ - атвор 


135 
sonini aniqlash zarurdir. Bozor sig’imini o’rganish asosida ishlab chiqarish 
quvvatlarini shakllantirish uchun va tovar sotish bo’yicha taqsimlash tarmog’i 
tuzilishi uchun asos hisoblanuvchi uning o’sish dinamikasi baholanadi. Shuni 
hisobga olish kerakki, ya’ni bozor faoliyati natijalarini qo’llash, bozorda ishlash 
bog’liq xarajatlarni qoplab, rejalashtirilgan foydani olishga kafolat berishi kerak. 
Segmentning jalb etuvchanligi tuzilishni tadqiq etish raqobat darajasini o’rganish, 
mavjud mahsulotlar raqobatbardoshligi, xaridorlarga munosabati, taklif etilayotgan 
va mavjud tovarlarga bo’lgan segment ehtiyoji barqarorligi, mavjud xaridor 
ehtiyojlarini qondiruvchi mutlako yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurligi va 
imkoniyatini o’z ichiga oladi. O’zlashtirayotgan segment maqsadlariga erishish 
uchun zarur tashkilotning maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim 
ahamiyatga ega bo’lib, tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy 
maqsadlari bilan amalga oshirish hamda shunga mos holda maqsadli bozorda 
ishlash uchun potentsial imkoniyat resurslarini etarlimi yoki yo’qligini o’rnatish 
uchun zarurdir. Buning uchun tavakkalchilikni hisoblash maqsadga muvofiq. 
Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash uchun maxsus marketing, konsalting 
kompaniyalarini taklif qilish mumkin. Maqsadli segmentlarni tanlashda quyidagi 
strategiyalardan foydalanish mumkin: - differentsiallanmagan marketing 
strategiyasi; 
- differentsiallangan marketing strategiyasi; - kontsentrlangan marketing 
strategiyasi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, bozor munosabatlari tiklanishi va 
shakllanishi 
davrida 
tadbirkorlik 
tuzilishida 
ko’plab 
korxonalar 
differentsiallanmagan marketing strategiyasini saqlab turdi. Bu strategiya 
firmaning 
xaridorlarni 
xarid 
jarayoni 
va 
tovarga 
munosabat 
hamda 
motivatsiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki xaridor ehtiyojlarida qiziqish 
umumiyligini ko’zlaydi. Bunday tovarlar va marketing dasturlarini ishlab chiqish 
orqali firma o’z maqsadiga xaridorlarni o’rtacha massasini qondirib erishishi 
mumkin. Strategiyadan foydalanuvchi firmalar muvaffaqiyatining muhim omili 
standartlashtirish 
va 
tovar 
ishlab 
chiqarish 
umumiyligi 
hisoblanadi. 
Differentsiallanmagan marketing strategiyasi mahsulot ishlab chiqarish va sotishda 


136 
kam xarajatlarni ta’minlaydi. Biroq X.Meffert ta’kidlaganidek, «bu strategiya 
zamonaviy marketing tamoyillariga qarama-qarshi turadi». Marketingning 
zamonaviy kontseptsiyasida ikkita strategiya ko’riladi: differentsiallangan va 
kontsentrlangan 
marketing 
strategiyasi. 
Differentsiallangan 
marketing 
strategiyasida kichik biznes korxonasidan uning faoliyatini bir necha segmentda 
ular uchun maxsus ishlab chiqarilgan tovarlar va marketing dasturlari bo’lishini 
talab qiladi. Bu strategiya xaridorlarning motivlari va tushunchalariga mos 
keluvchi marketing dasturi va xaridorlarga mo’ljallangan marketingning asosiy 
tamoyiliga mos keladi. Bu strategiya xaridorning bozordagi holatini to’liq 
ifodalaydi, shuning uchun, odatda, yuqori sotish hajmi va kontsentrlangan 
marketing strategiyasiga nisbatan kichik tavakkalchilik darajasini ta’minlaydi. 
Differentsiallangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab chiqarish va 
boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun 
zarurdir. 
Mahsulot differentsiatsiyasi turli bozorga chiqishning keyingi imkoniyatidir. 
Bu birinchi navbatda tovar taqsimoti diversifikatsiya strategiyasini olib borishga 
asoslanadi. Kontsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foyda 
segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tibor qaratishni talab etadi. Bu 
bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli 
marketing dasturi bilan yondashadi. O’z mazmuniga ko’ra bu strategiya bozor 
chuqurchasi kontseptsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash 
kerakki, tovar ushbu firma va uning etkazib berish imkoniyatlari uchun ko’proq 
mos keluvchi hisoblanadi. Kontsentrlangan marketing strategiyasi ko’proq kichik 
va o’rta korxonalarga mos keladi, chunki bozorning barcha segmentlarida ishlash 
uchun etarli moliyaviy vositalar bo’lishi talab etilmaydi. 


137 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin