138
hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur ma’lumotlar va axborotlarni to’plash
manbalari,
uslublari, qurollari, tanlov o’tkazish tartiboti va rejalari tuziladi.
Tadqiqot asoslanadigan ma’lumot va manbalardan bir necha marotaba tegishli
sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin. Marketing tadqiqotida
kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli bahs eng ko’p qo’llaniladigan uslublar
hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli bosqichlarida
samarali axborot
to’plash, uni qayta ishlash, texnika vositalaridan samarali foydalanishni nazarda
tutadi. Masalan, uyali telefon qurilmasi va bort-kompyuterli avtomobilga
boshlag’ich talabni baholash tadqiqotini olib ko’raylik. Kuzatish uslubi vositasida
xaridorlarning joriy davrda va avtomobil bozoridagi munosabatlari, ko’nikmalarini
baholash mumkin. So’rov uslubida esa aniq bir xaridorning «yangi jihozlarga»
qiziqishlari, ularga qo’yadigan talab va istaklarni baholash mumkin. Eksperiment
uslubida esa sinov tarzida avtomobillarning kichik partiyasini bozorda sotib,
xaridorlar holatlarini kuzatish mumkin. Marketing tadqiqotlari rejasini ishlab
chiqishda uslubiy jihatdan o’zaro bog’liqlik, aniqlik, takrorlanmaslik,
davriy
uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan reja mohiyatan quyidagi savollarga javob
berishi lozim.
1. Qanday ma’lumotlar to’planishi kerak?
2. Ma’lumotlarni kim to’playdi?
3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?
4. Ma’lumotlarni to’plashda qanday uslublar qo’llaniladi?
5. Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi?
6. Ma’lumotlarni to’plash qachon va qaerda amalga oshiriladi?
7. Ma’lumotlarni to’plash uchun qanday xarajatlar ko’zda tutiladi? Ushbu
savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi, mazmunan va
mantiqan bog’liqligi ta’minlanadi. Bu o’z navbatida tadqiqotning keyingi
bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan kamchilik va xatoliklarning vujudga
kelishiga yo’l qo’ymaydi. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi tasdiqlangan reja
asosida amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ularni qayta
ishlash, tayinli tartibga solish vazifasini ham bajaradi.
Chunki jamlanadigan
139
ma’lumotlar qaerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi. Tor ma’noda marketing
dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish
tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa korxona
imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish
va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir
yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan
ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga
mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik
faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori
boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilish asosidir. Marketing dasturining asosiy
mazmuni korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozor
rivojlanishining qisqa tahlili va bashorati, firma rivojlanishining asosiy maqsadi,
bozordagi xulq-atvorining strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish
siyosatlarining
chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlari mazmuni, xarajatlar
smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing
dasturini amalga oshirish bo’yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmaning imkoniyatlarini
baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsa-da, kompaniyani
strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko’riladi.
Firmalar faoliyatining
zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyaning yuqori boshqaruv bo’g’ini
(joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash)
darajasida asoslanib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir. Marketing
dasturining strategik yo’nalishi bozordagi mavqei va korxona holatining bog’ligiga
ko’ra, o’z ichiga turli variantlarni oladi. Strategiyalar diversifikatsiyasi,
tadbirkorlik faoliyatini segmentlash, hujum va ximoya strategiyalari bo’lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: