142
Bozorni topish, tanlash, ularning talablarini bilish uchun bozor tushunchalari
mohiyatini yaxshi bilish zarur. «Bozor» tushunchasi
baho yordamida resurslar
taqsimlanishini tahlil qilishda markaziy o’rinda turadi.
Bozor – tovarlarni realizatsiya qilish, ayirboshlash sohasidagi ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
Tovar munosabatlari tizimida markaziy elementlardan biri bo’lgan bozor
ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida mustaqil ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi
aloqalarni belgilashning hal qiluvchi vositasi bo’lib yuzaga keladi. Bozor
iqtisodiyoti yaqinda paydo bo’lgan bo’lsa, bozor esa
undan ancha ilgari yuzaga
kelgan.
Bozor – xaridor va sotuvchilar savdo bitimlarini amalga oshirish uchun
to’planadigan mahsus joy. Fond birjalari ham bozor hisoblanadi va vositachilar
yoki makler (dallol)lar orqali harakat qiladi. Xaridor bilan sotuvchilarning
uchrashish yo’llari, shakllari ko’p. Ularning uchrashishida yoki bozor
munosabatlarida baho mexanizmi markaziy o’rinda turadi;
u talab va taklifni
muvozanatga keltiradi. Talab va taklifning o’zaro ta’siri, iste’molchilarning talab
va ehtiyojlarini qondirish bu uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda ishtirok etuvchi
iqtisodiy kategoriyalarning asosiysi quyidagilardir.
EHTIYoJ – inson tomonidan biror bir narsani etishmovchiligini his etish
tuyg’usidir.
ZARURAT – insonning ijtimoiy – iqtisodiy kelib chiqishi, madaniy, milliy,
estetik, geografik joydashuvi va boshqa omillarning ta’siri
asosida shakllanuvchi
xohishidir. Xohish cheksiz bo’lishi mumkin, lekin bu xohishni qondirish uchun pul
mablag’lari zarur. Shuning uchun inson o’zi uchun eng muhim bo’lgan xohishini
qondirishga intiladi.
TALAB – iste’molchining konkret tovar yoki xizmat turiga bo’lgan ehtiyojini
pul bilan ta’minlab qondirilishidir.
XARID – bozordama’lum tovar yoki xizmatni sotib olish jarayonidir. Bu
jarayonda ayirboshlash va bitim operatsiyalari amalga oshiriladi.
143
BITIM – ikki tomon o’rtasida ular uchun zarur bo’lgan tovar vaxizmatni
sotish va sotib olish operatsiyasidir.
AYIRBOShLASh – ikki tomono’rtasida ularuchun kerak bo’lgan narsani
ikkinchitomonga boshqa bir narsani taklif etib savdo operatsiyasini o’tkazishga
aytiladi. Masalan, bir tonna shakarga 10 tonna kartoshkani ayirboshlash.
Bozorning umumiy holatini o’rganish zamonaviy marketing tamoyillaridan
biridir. Bozorni o’rganishdan asosiy maqsad, uning
mavjud vaziyatda holatiga
(konyunkturasiga) baho berish va bozorning rivojlanish istiqbolini, prognozini
ishlab chiqishdan iborat. Marketing faoliyatida bozorni o’rganishning asosiy
elementlaridan biri bozor konyunkturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi.
18 asr oxiri va 19 asr boshlarida talab va taklif o’rtasidagi muvozanat
masalasini, ijtimoiy mahsulotni bozor konyunkturasiga bog’liqligini
birinchi bor
klassik maktabini rivojlantirgan iqtisodchi Jan Batist Sey o’rgangan edi. Bozorni
kompleks (majmuaviy) o’rganish bozor konyunkturasini tahlil qilish, bozor
sig’imini aniqlash va uni bozor “ishtirokchilari” (o’yinchilari) orasidagi ulushlarga
bo’lishni, ehtiyojlar, xarid talabini tahlil qilishni
va xaridorlar muomalasini
modellashtirishni, aniq muhitni o’rganishni, marketing kompleksini (tovar, narx,
savdo va ilgariga harakatlantirish) tahlil qilishni ko’zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: