Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
 
 


140 
8-BOB. BIZNESDA BOZOR KON’YUNKTURASINI O’RGANISHNING 
ASOSIY YO’NALISHLARI 
8.1. Bozor kon’yunkturasining mohiyati va ahamiyati. 
Bozor nima? Bozor - iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos 
kelib o’zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. 
Bozor (market) - keng ma’noda muomala sohasi bo’lib, tovar ayirboshlash 
munosabatlari va jarayonlari majmuidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi 
munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi 
qonunlari asosida amalga oshadi. Ko’pincha, marketingdabozor deganda ma’lum 
tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo’lgan 
potensial iste’molchilarning majmui tushuniladi. Marketingda “bozor” tushunchasi 
tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchilarning mavjud va potensial yig’indisi 
(jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora bilan qandaydir umumiy belgilarga ko’ra 
birlashgan iste’molchilar guruhini anglatadi. (masalan, yuqori sifatli tovarlar 
xaridorlari bozori). Ma’lum ehtiyojlar (iste’molchilar) bozori, demografik bozor 
(uni, masalan, o’smirlar yoki katta yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor 
(masalan, O’zbekiston bozori, Rossiya bozori yoki G’arbiy Evropa bozorlari) 
haqida gapirish mumkin. Marketingda bozor hamisha to’liq aniq holat. Har bir 
tashkilot aniq bozorda (bozorlarda) ishlaydi. Masalan, Koreyaning Sumsung 
firmasi mobil telefonlarining jahon bozorida, “Gloriya Jins” – Rossiya kiyim 
bozorida ishlaydi. 
Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday kelishuvlar 
(shartnomalar) yordamida shu tovarni oldi-sotdi qilish bo’yicha munosabatda 
bo’lishidir. Bozor (market) – tovar xo’jaligining iqtisodiy kategoriyasi bo’lib, tovar 
ishlab chiqarish va Tovar muomalasi qonunlari asosida tashkil etilgan 
ayirboshlashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor - sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) 
va xaridor (iste’molchi)lar o’rtasida sodir bo’ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar 
yig’indisini o’z ichiga oladi. 
Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar 
ayirboshlashdan tubdan farq qiladi. Bu avvalambor tovar-pul munosabatlarining 


141 
takror ishlab chiqarishning mumkinligi va zarurligi hamda tovar xo’jaligini 
yuritishning sharoitlarida ko’rinadi. Bozor mexanizmi xaridor talabini qondirishga, 
ishlab chiqarish harakatlarini qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir 
korxonaning foydaliligini ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishga, manfaatdorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir 
xo’jalik yuritish qurolidir. 
Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va 
taklifning rivojlanish holatidir. Masalan, metall bozorida bahoning pasayishi yoki 
mehnat bozorida ishchilarning etishmasligi va hokazo. 
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo’lgan turli xil obektlar bo’yicha tashkil 
etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, 
mehnat bozori, kapital bozori,intelektual bozor, shou-biznes bozori va boshqalar 
shular jumlasidandir. Iste’molchilarning turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va 
korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo’linadi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin