Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


Kichik biznesda mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlashda bozorni



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

 
7.2. Kichik biznesda mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlashda bozorni 
segmentlashning mohiyati 
Kichik biznes korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlashda 
bozor segmentatsiyasi muhim ahamiyatga ega u bozorda talabni o’rganish yoki 
marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish» - bozorlar 
holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga 
bo’linadi: bozor segmentatsiyasi; iste’molchi talabi sabablarini o’rganish; 
qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash.Bozor segmentatsiyasi talabni qondirishga 
tabaqalangan holda yondashuv, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko’ra har xil 
talab qo’yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo’llashga 
asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar 
majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o’ziga xos bir talab namoyon 
bo’ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga 
talablari xilma-xildir, har bir xaridorning o’z didi bor. Xaridorning talabi, xohishi, 
ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar 
samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini 
vujudga keltiradi. Ya’ni bozor segmentatsiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq 
tovarning taklif etilishi va tovarga talabning qat’iyligini ta’minlaydi. 
Demak,xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga 
munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentatsiyasi 
deyiladi. Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko’p jihatlardan tovar yoki 
xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo’lgan 
masalaga bog’liq. Sanoat tovarlari va keng iste’mol tovarlari uchun tanlov 


132 
mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos 
keladigan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman 
to’g’ri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o’rtasida paydo 
bo’lgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish 
va to bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim. 
Bozorni segmentlash orqali, kichik biznes sub’ekti quyidagi maqsadlarni 
ko’zlaydi: - iste’molchilarni xohish va talabini maksimal ravishda hisobga olish; - 
tovarni (xizmatni) va xo’jalik yurituvchi sub’ektni raqobatbardoshligini ta’minlash; 
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlarini optimallashtirish; - xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning marketing strategiyasi samaradorligini oshirish; - raqobatchilardan 
xolis bo’lgan segmentlarga ketish. Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi 
xatti-harakatlarni o’rganib, ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj 
talablarni tasavvur qilishdan iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy 
sharti yangi, yuqori sifatli tovar va kompleks servis texnika xizmatlar hamda 
samarali sotish usullarini qo’llashdan iborat bo’lib qoldi. Ana shu talablar asosida 
marketing tadqiqotlarining ustuvor turi iste’molchilarni o’rganish va navbatida 
bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki bozor bir xil sub’ektlardan tashkil 
topgan emas. Bozorni segmentlarga bo’lish xaridorlarning tovarga talablari va 
xaridorlar tavsiflari to’g’risidagi eng muvofiq bilimlarni talab qiladi. 
Makrosegmentlash 
bozorlarni 
hududlar, 
mamlakatlar 
bo’yicha ularning 
sanoatlashuviga qarab bo’lishni ko’zda tutadi. Mikrosegmentlash esa bir mamlakat 
iste’molchilarini yanada batafsilroq mezonlar bo’yicha guruhlarga 
bo’ladi
. Ichkarida 
segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari bilan boshlanib, 
keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari klassifikatsiyasiga bog’liqligiga 
qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi. Chuqurda segmentlash tor iste’molchi 
guruhlari (segmentlari) bilan boshlanib, keyin tovarni ishlatish va qo’llanish 
sohasidan bog’liqligiga qarab kengaytirishni nazarda tutadi. Avvaldan segmentlash 
maksimal bozor segmentini o’rganishga mo’ljallangan marketing tadqiqotining 
boshlang’ich bosqichidir. 


133 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin