Вопросы привлечения инвестиций в экономику узбекистана и их роль



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix09.04.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#95428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Rakhimova N 2022 1 son

Mavzuga oid adabiyotlar taxlili. 
Investitsiyalaming iqtisodiy mohiyati va mazmun to'g'risida iqtisodchi olimlar o'rtasida 
xilma-xil qarashlar va fikrlar mavjud. Bu so'zning ham keng ma'nosidan, ham tor ma'nosidan 
foydalanish mumkin. «lnvestitsiya» tushunchasining ma'no-mazmuniga hozirgacha yakuniy bir 
ta'rif berilmagan va iqtisodiy fanning turli sohalarida investitsiyaning maqsadi, vazifalari, 
manbasi, mablag' kiritish sohalari va obyektlarining xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha ta'rif 
berilmoqda. 
Rossiyalik iqtisodchi olim L.Igoshina tomonidan: «investitsiyalar - pulni saqlash, 
ko'paytirish yoki ijobiy miqdordagi daromadni ta'minlashni hisobga olgan holda uni joylashtirish 
mumkin bo'lgan har qanday vosita sifatida ifodalanadi», deb ta'riflangan. [2]
«Инвестиции» darsligining muallifi, professor A.Neshitoy investitsiyalarning mazmunini 
quyidagicha tavsiflaydi: «foyda olish yoki boshqa samaralarga erishish maqsadida o'z yoki o'zga 
mamlakatning turli tarmoqlariga, tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hamda 
innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan pul mablag'larini (kapitalni) uzoq 
muddatga joylashtirishdir». [3]
Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus olimlari tomonidan 
quyidagicha tavsiflangan:
- «investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi 
obyektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni aks ettiradi» [4];
- «investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual maqsadlari 
singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, 
tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli 
yo'naltirilgan qo'yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig'indisi tushuniladi». [5] 
Xorijlik iqtisodchi olimlardan U.Sharp, Kempbell R. Millonell, Stanli, L.Bryu kabilar 
investitsiyalaming mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta’riflarni bayon etishgan. Jumladan, 
Nobel mukofotining iqtisodiyot bo 'yicha laureati (1990-yil) U. Sharp ta'kidlashicha: 
«investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda 
muayyan qiymatlikdan voz kechishdir». [6] «Investitsiyalash» atamasining ma'nosini mana 
bunday sharhlaydilar: “Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir» va hisoblaydilarki, 
mablag'lami yoki real yoxud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin. Ular investitsiyalash 
atamasi mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida bugun pul bilan “xayrlashish”da ko'radilar. 
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminov, D.G'ozibekov, 
D.Tojiboyeva, G.Maxmudovalar tomonidan investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati yuzasidan ilmiy 
izlanishlar olib borilgan va munosabat bildirilgan. Jumladan, A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, 
N.Muminovlar tomonidan investilsiyalaming mazmun-mohiyati bo'yicha bayon etilgan ta'rifda: 
«investitsiyalar - foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik 
obyektlariga va boshqa [aoliyat turlariga qo'yiladigan pul mablag'lari, banklarning maqsadli 
omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog'ozIar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, 
litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual 
boyliklar», deb ta'riflangan. [7] 
Prof.D.G’ozibekov tomonidan investitsiyalarning mazmuniga quyidagicha ta'rif berilgan: 
«aniq va ishonchli manbalardan mablag'lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar 
darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko'zlangan samarani olishdan iborat 
bo'ladi. Ana shu belgilariga ko’ra investitsiyalar boshqa qo'yilmalardan mazmunan farq qiladi. 
Bular barchasining asosida kapitalning harakatlanish jarayoniga jalb etilishi investitsiyalarning 
mohiyatini aks ettiradi». [8] Shuni ham ta'kidlash joizki, D.G'ozibekov tomonidan 


39 
investitsiyalarning makroiqtisodiy darajadagi, makro darajadagi va moliya nazariyasidagi 
mohiyati to'g'risida ham fikrlar bildirilgan. 
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman, makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni 
(ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo'shib hisoblaganda) yaratish jarayonidir. 
Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish tushuniladi, ya'ni 
bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, bizningcha, 
"Investitsiyalar - bo'sh turgan kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga 
keltirishdir" 
Bizga ma'lumki, iqtisodiy o'sish investitsiya resurslarisiz bo'lishi mumkin emas, bu resurslar 
o'z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan mablag'dir. Pul mablag'lari 
shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu investitsiyalar moddiylashib, amalda 
ishlab chiqarishga jalb etilgandan so'ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o'sishni 
ta'minlaydi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin