42
Davlatning eng muhim vazifalaridan biri tashqi iqtisodiy faoliyat va u asosida tashqi iqtisodiy
siyosatning boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik qiladigan qoidasini ishlab chiqishdir. Davlat
tomonidan boshqarish (tartibga solish) ning maqsadi-barcha darajadagi, foydali tashqi iqtisodiy
faoliyatni ta‘minlovchi huquqiy iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarni yaratishdir. Bu bosqichda
eksportni rivojlantirish davlat dasturida belgilangan strategik maqsadni amalga oshirish uchun
sharoit yaratish zarur: eksport qilinadigan mahsulot sifatini yaratish, eksportning tovar va
geografik strukturasini takomillashtirish kerak. Xalqaro amaliyotga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z
strategik maqsadlarga erishishiga yordam beradigan tashqi savdo sohasidagi masalalarni
yechishi zarur.
Bunda,
birinchidan, Respublikaning Umumjahon Savdo Tashkilotiga kirishi to‘g‘risida
boradi, ya‘ni O‘zbekistonning har qanday mamlakat bilan ikki tomonlama tashqi savdo siyosati
borasida UST tizimlarida savdo bahslarini ko‘rib chiqish imkoniyatlari, O‘zbekiston tovarlariga
miqdoriy cheklashlar kiritish jarayonini murakkablashtirish, qarshi talablarni kelishish va boshqa
ko‘plab imkoniyatlarni beruvchi ko‘p tomonlama siyosatga aylandi.
Dostları ilə paylaş: