Ikkinchidan, bu xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro savdoni erkinlashtirish, manfaatdor
mamlakatlar orasidagi savdo oqimining tuzilishi va o’zgarishi masalalarini savdo-iqtisodiy
hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar darajasida yechishdir. O‘zbekiston va YeI orasida
imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘zbek tovarlarining YeIga a‘zo mamlakatlar bozorlariga
kirishiga yordam beradi, uning asosida O‘zbekiston va bir qancha Yevropa mamlakatlari o‘rtasida
milliy buyumlarni GFR xududiga kiritishning sharoitlari to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Uchinchidan, tashqi siyosat sohasidagi vazifa mintaqaviy guruhlarga a‘zo
mamlakatlarning kollektiv protektsionizmga qarshi turish imkonini beruvchi savdo-siyosiy
birlashmalar tuzishdir. Ikki tomonlama soliq solishni istisno qilish va kapital kiritishni himoya
qilish, TIF qatnashchilarining konsultatsiyasi va xabardorligi bo‘yicha o‘zbek savdo
vakolatxonalari hamda davlat organlari va ijtimoiy birlashmalar masalalari bo‘yicha tuzilgan
bitimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Savdo-iqtisodiy munosabatlar sohasida islohotlar erkin
savdo mintaqasini shakllantirish jarayoni va Bojxona ittifoqini yaratish jarayonida amalga
oshiriladi. [10].
Bugungi kunda O'zbekiston, jahonning 170 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini
amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasida (16,7 foiz),
Xitoy Xalq Respublikasida (16,6 foiz), Qozog'istonda (8,3 foiz), Koreya Respublikasida (7,4 foiz),
Turkiyada (5,6 foiz), Qirg'iziston Respublikasida (2,0 foiz) va Germaniyada (2,0 foiz) qayd
etilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol
tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg'oniston (213,7 mln. AQSh dollari), Qirg'iziston
Respublikasi (138,8 mln. AQSh dollari), Tojikiston (93,7 mln. AQSh dollari), Turkiya (42,8 mln.
AQSh dollari), Frantsiya (23,6 mln. AQSh dollari) va Eron (8,0 mln. AQSh dollari) shular
jumlasidandir. Qolgan 14 ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. [10]
Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasi o’sishiga bevosita o'z
ta'sirini o'tkazadi.