Xulosa va takliflar. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy
islohotlarning mazmuni ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti muvaffaqiyatli joriy etish
hisoblanadi. Mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar ijtimoy yo’naltirilgan bozor
munosabatlarini keng qo’llashga imkon beradigan ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda aniq
ijtimoiy-huquqiy asoslar yaratadi.
O’zbеkistоnning хаlqаrо iqtisоdiy mаydоndаgi nufuzi vа mаvqеi sеzilаrli dаrаjаdа vа
muntаzаm оshib bоrmоqdа. Bundа mаmlаkаtimiz rаhbаri Shavkat Mirziyoyev tоmоnidаn
ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаnish strаtеgiyasining puхtа ishlаb chiqilgаnligi, iqtisоdiy islоhоtlаr
mаqsаdi vа vаzifаlаri, аmаlgа оshirish yo’llаrining аniq vа to’g’ri ko’rsаtib bеrilgаnligi bоsh
mаqsаd yo’lidаgi yutuq vа mаrrаlаrning sаlmоqli bo’lishigа imkоn yarаtdi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali iqtisodiyotda tub o'zgarishlarni amalga
oshirish imkonini beradi va bu iqtisodiyotda yangi ish o'rinlarini tashkil etish va rivojlanish garovi
bo'lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoyitida yurtimizga zamonaviy
texnoligiyalar olib kelib, sanoat ishlab chiqarishini yangilash va modernizatsiyalash jarayonlarini
olib borishni investitsiya faoliyatisiz tasavvuz etib bo'lmaydi. Investitsiya loyihalarini jalb qilish
nafaqat davlat iqtisodiyotini yuksaltiradi, balki aholi turmish darajasini yaxshilashda ham katta
samara beradi. Yani maishiy muhtojliklarning katta bo'limi qanoatlantiriladi, ishlab chiqarish
kengayadi, yangi mehnat kuchlari shakillanadi, eski va og'ir mehnat turmishidan yangi, yengil
va samarali mehnat faoliyatiga o'tiladi. Davlatning kelajakdagi iqtisodiy yuksalish darajasini
bugingi jalb qilingan investitsiya loyihalari va investitsion jarayonlar belgilab beradi.