Вопросы привлечения инвестиций в экономику узбекистана и их роль



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix09.04.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#95428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Rakhimova N 2022 1 son

Tadqiqot metodikasi.
Tadqiqot jarayonida statistik, analitik, qiyosiy, kuzatuv, induktiv, deduktik, mantiqiy
monitoring, ekspress-baholash va boshqa tahlil usullaridan foydalanildi. 
Tahlil va natijalar. 
Davlatimiz 
mustaqillikka 
erishgan 
yillardan 
boshlab, 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o‘tishning 
o‘ziga 
xos 
iqtisodiy 
rivojlanish 
yo‘lidan 
bormoqda. 
Bu 
yo‘lda 
investitsiya 
siyosatining 
ahamiyati 
juda 
katta. 
Chunki 
investitsiyalar 
iqtisodiyotda 
tarkibiy 
o‘zgarishlar, 
texnik 
va 
texnologik 
yangilanishlar, 
korxonalarni 
qayta 
ta’mirlash 
ishlarini 
amalga 
oshirishni 
rag‘batlantiradi, 
mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Shu jihatdan 
O‘zbekiston Davlati o‘z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda. [11]
Investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo'llab-
quvatlash, markazlashgan investitsiya jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga 
o'tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar 
yig'indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko'proq ustuvorlik kichik 
biznes subyektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud 
kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal etish va shu asnoda investitsiya 
ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga 
qaratilgan. 
Davlat investitsiya siyosati hududlar, tarmoq va korxona investitsiya siyosatidan tarkib 
topib, ular o'zaro bog'liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sarflashda aholi, hudud 
va investor manfa'tlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib 
boriladigan chora-tadbirlar majmuyi. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat 
iqtisodiyotining rivojlanishini ta'minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eskport qilish, import 
o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo'li 
bilan qo'llab-quvvatlash hisoblanadi. 
O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish 
hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy 
infratuzilma ob'yektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo'nalishlarga aylandi. 
Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga 
oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi:
 ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma'naviy eskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki 
texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo'lib qolganligi;
 sanoat tarmog'ida moddiy texnika bazasining o'ta pastligi va ko'pgina zarar ko'rib ishlaydigan 
korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg'arish bilan iste'mol o'rtasidagi 
nisbatning iste'mol tomonga ko'plab sarflanayotgani va jamg'arishning investitsiya manbayi 
sifatida kamayib borayotganligi;


40 
 O'zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu erda ko'plab qayta ishlovchi korxonalarni 
qurish imkoniyating mavjudligi;
 aholi sonining o'sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham 
korxonalarni barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbayi bo'lmish qishloqqa 
yaqinlashtirish zarurligi; respublika eksportida xom ashyo salmog'ini kamaytirish va ko'plab 
tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo'lish zarurligi va boshqalar. 
Mahalliy investorlar - investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridir. [11] 
2020 - yilning yanvar-dekabr oylarida investitsion faollikni pasaygani kuzatilib, asosiy 
kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini 2019-yilga mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 
91,8 % ni tashkil etdi. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 202,0 trln. so‘m asosiy kapitalga 
investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 65,4 % i yoki 132,0 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar 
hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 34,6 
% yoki 70,0 trln. so‘m moliyalashtirildi. Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan 
moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning 
ulushi, 2020 - yilning mos davridagi ulushiga nibatan 8,0 % punktga kamayib, 19,5 % ni yoki 
39 310,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari 
hisobidan 162 289,9 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 80,5 % investitsiyalari o‘zlashtirilib, 
o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,0 % punktga ko‘paydi. Markazlashmagan 
investitsiyalar - 162 689,9 mlrd. so‘m.
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar - 22 467,1 mlrd. so‘m. Asosiy 
kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar - 86 647,0 mlrd. so‘m. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy investitsiya va kreditlar 64 179,9 mlrd. so‘m. 2020 - yilning yanvar-dekabr oylarida 
korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga 
investitsiyalar - 51 911,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 25,7 % ini 
tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,9 % i yoki 18 
077,8 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan 
investitsiyalar hajmi 28 740,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2019 yilning mos davriga nisbatan 5,3 
% punktga kamayib, 14,2 % ni tashkil etdi. Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa 
qarz mablag‘lari hisobidan 28 520,9 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 14,1 
% ini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 0,3 % punktga kamaydi), O‘zbekiston 
Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 22 467,1 mlrd. so‘m (11,1 % va 3,1% punktiga 
kamaydi), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 35 439,4 mlrd. so‘m (17,6 
% va 7,6 % punktga ko‘paydi), Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 1 814,6 mlrd. so‘m (0,9 % 
va 2,5 % punktga kamaydi), Respublika budjeti 13 081,3 mlrd. so‘m (6,5 % va 2,5 % punktga 
kamaygan), Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 1 
947,2 mlrd.so‘m (1,0 % va 0,1 % punktga ko‘payish) miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar 
o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur‘atlarini moliyalastirish manbalari bo‘yicha 
eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatilib, 
2019- yilga nisbatan 63,2 % ga ko‘paydi.
Bunday yuqori o‘sishga sement ishlab chiqarishni tashkil etish, elektron gaz hisoblagichlar, 
kalava, infuziya va inyeksion qorishma ko‘rinishidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil 
etish, Auminzo-Amantoy konlari hududida oltin mavjud konlarda qazib chiqarish va qayta ishlash 
bo‘yicha qurilish ishlari I-II bosqich, “Muruntau” karyeriga qayta ishlov berish (Vnavbat) I 
bosqich, texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha majmua qurilishi (I-II bosqichlar), 
Toshkent metall zavodi qurilishi va boshqa yirik investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan 
investitsiyalar sabab bo‘ldi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 
o‘zlashtirilgan ivestitsiyalar 2019- yilga nisbatan 32,7 %ga kamaydi.


41 
Buni o‘tgan yilda amalga oshirilgan sement ishlab chiqarishini tashkil etish, “Tashkent city” 
XIM hududida “Congress Hall” va besh yulduzli Hilton mehmonhonasining qurilishi, metallni 
qayta ishlash zavodi qurilishi, to‘qimachilik fabrikasi qurilishi va boshqa loyihalar bo‘yicha 
investitsion faollik bilan izohlash mumkin.
2020 - yil yanvar-dekabr oylarida 86 647,0 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga 
investitsiyalarning 42,9 % i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o‘zlashtirildi. Jami xorijiy 
investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 32 847,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 
qolgan 53 799,8 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiya va kreditlar hisobidan joriy davrda 64179,9 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lsa, 
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 22 467,1 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. Asosiy 
kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 
90,6% ni tashkil etdi. [11]

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin