Yosh fiziologiyasi va gigienasi



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə25/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

8-rasm jinsiy hujayralar.
A –spermatozoid; B –tuxun hjayrasi;
1-spermatazoid boshchasi; 2-o’rta yoki bog’lovchi bo’lim; 3-spermatazoidning dumi; 4-tuxumni o’rab turuvchi follikulyarli hujayralar; 5-tuxum hujayrasining yadrosi;

Qiz bolalar tug’ilganidayoq ularning tuxumdonlarining yo’g’onlashgan biriktiruvchi to’qimali tubida-asosida yetilmagan 30000 dan 40000 gacha hujayralarni – birlamchi follikulalarni sanash mumkin. Follikulalar pufakchalar shaklidagi biriktiruvchi to’qimali po’stloq bilan o’ralgan tuxum hujayrasini o’rab turuvchi hujayralar guruhini tashkil etadi.


Tuxum hujayrasining hosil bo’lishi (ovogenez) spermatogenezdan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Tuxum hujayralari spermatozoidlarga nisbatan juda kam miqdorda yetiladilar. Yetilish jarayonida birlamchi follikulalarning katta qismi to’lig’icha rivojlanmay atrofiyaga uchrab o’ladilar. Jinsiy jixatdan voyaga yetgan ayollarning tuxumdonida rivojlanishining turli bosqichlaridagi 400-500 jinsiy yetilgan follikulalarni sanash mumkin. Odatda har oyda bitta follikula to’liq yetiladi va otalanishi qobiliyatiga ega bo’lgan tuxum hujayrasi hosil bo’ladi.

9-rasm. Ayollarning ichiki jinsiy organlari (ko’ndalang kesmasi).
1-tuxumdon; 2-graaf pufagi; 3-bachadon nayining ichki yo’li; 4-bachadon nayi; 5-nayning bachadonga qoshilish joyi; 6-bachadon tanasi bo’shlig’I; 7-bachadon bo’ni kanali; 8-bachadonning tashqi teshigi; 9-qin.

Yetilgan follikulalar tuxumdon yuzasida shishib kattalashadi, follikula devori yupqalanadi va puffakcha yoriladi. Yorilgan puffakchadan qorin bo’shlig’iga (bachadon nayining qorin teshikchasidan) tuxum hujayrasi va follikulyar suyuqlik chiqariladi. Bu jarayon ovulyasiya deyiladi.


Yorilgan pufakchani bo’shlig’i vaqt o’tishi bilan sariq rangdagi yog’li moddalar bilan (hujayralar) to’ladi. Shunday yo’l bilan ichki sekresiya bezlari rolini o’ynovchi sariq tana yuzaga keladi. Yuzaga kelgan sariq tana progesteron gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon yana plasentada va buyrak usti bezining po’stlog’ida ham ishlab chiqiladi.
Progesteron organizmda homilani rivojlanishi va saqlanishi uchun sharoit yaratib beradi.
Tuxum yo’llari (bachadon nayi)- juft naysimon organ bo’lib ular orqali tuxum hujayrasi tuxumdondan bachadonga o’tadi. Bachadon nayining uzunligi voyaga yetgan ayollarda 10-20 sm. har bir naychada ikkita –bachadon va qorin uchlari farqlanadi. Tuxumdonga yo’nalgan tuxum yo’lining uchi voronka shaklida kengaygan bo’lib chetlarida baxromkalari bo’ladi.
Tuxum yo’lining ichki yuzasi, hilpildoq epiteliya bilan qoplangan bo’lib uning kipriklari tuxum yo’lining qisqaruvchi muskul devorlari va qorin hamda chanoq muskullari bilan birgalikda tuxum hujayrasining bachadonga qarab harakatlanishiga yordamlashadi.
Urug’lanish paytida tuxum yo’lida tuxum hujayrasining erkaklik jinsiy hujayralari spermatazoidlar bilan qo’shilishi yuz beradi. Mana nima uchun, tuxum yo’lining o’tkazuvchanlik xususiyati buzilishi natijasida ayollar ona bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’ladilar. Tuxum yo’llari bachadon tanasining yuqorigi chetiga tutashgan bo’ladi.
Bachadon muskulli kovak organ bo’lib ayollarning kichik tos oblastida joylashgan. Bachadonning yuqorigi ancha kengaygan qismi uning tanasi deb ataladi. Bachadon oldingi tomondan siydik pufagi, orqa tomondan esa to’g’ri ichakga tegib turadi.
Bachadon –bola tug’iladigan organ, unda homila rivojlanadi va olib yuriladi. Ichki tomondan u qon tomirlariga boy shilliq parda bilan to’shalgan bo’ladi.
Tuxum hujayrasi yetilganidan keyin va uning yorilgan puffakchasini o’rnida hosil bo’lgan sariq tananing progesteron gormoni bachadonda o’zgarishlar chaqiradi: uning shilliq pardasi qon bilan to’lib shishadi. Urug’langan tuxum hujayrasi va zarodishni rivojlanishi uchun sharoit tadbiq etiladi. Agarda yetilgan hujayra otalanmasa bir necha kundan keyin u o’ladi. Sariq tana qaytadan rivojlanishga majbur bo’ladi, ya’ni so’rilib ketadi. Shu yo’l bilan bezning sekreti progesteronni ajralishi to’xtaydi. Bachadonning ishgan va o’sib ketgan shilliq pardasi parchalanadi, yulinadi uning qon tomirlari yoriladi va qon shilliq pardaning mayda qismlari bilan bachadon tanasi va qin orqali tashqariga chiqariladi. Bu esa menstruasiyadir. (lot. mens.- oy). Bu xolat ko’pchilik qizlar va ayollarda 28 kun atrofida takrorlanib turadi.
Jinsiy sikl, ayollarda to’rt davrga bo’linadi. 1) tinchlik davri (7-8 kun mobaynida bachadonning shilliq pardasining tiklanishi yuz beradi): 2) ovulyatsiyaoldi davri. Bu davrda xomiladorlikga tayyorgarlik yuz beradi; bachadon qon bilan to’ladi, qinning shilliq pardasi kengayadi –yumshaydi: 3) sekretorli yoki ovulyatsion davr. Bu davrga xos bo’lgan jarayon bu follikulaning yetilishi va uning yorilishi, bachadonning shilliq pardasidan shillimshiq va glikogenga boy bo’lgan sekretning ajralishi yuz beradi. Ovulyatsion davr yetilgan follikulani yorilishi, undan tuxum xujayrasining chiqishi va uning bachadon nayi bo’ylab bachadonga qarab harakatlanishi bilan boshlanadi. Tuxum xujayrasining bachadon nayi bo’ylab harakatlanishida uning otalanishi yuz beradi. urug’langan tuxum bachadonga tushib, uning shilliq pardasiga yopishib oladi. Shu bilan jinsiy sikl tugaydi va homiladorlik boshlanadi. Tuxum hujayrasining nay bo’ylab bachadonga kelgunicha 3-4 kun o’tadi: 4) Ovulyatsiyadan keyingi yoki yulinish davri, bu davr o’rtacha 3-5 kun davom etadi va bu davrda bachadonning tonik qisqarishlari kuzatiladi, uning shilliq pardasi uncha katta bo’lmagan bo’lakchalarning yulinib chiqadi, bu paytda 50-150 sm3 qon ajraladi. Bu davr tuxum hujayrasi urug’lanmagandagina kuzatiladi, ayollarda esa bu davrda menstruasiya boshlanadi.
Qin – kichik tosda joylashgan uzunligi 8-9 sm.ga yaqin, kengligi 2-3 sm bo’lgan yassi (o’simtali) muskulli naychadir. Qin devori ichki tomondan juda yumshoq, yengil jarohatlanadigan va qiz bolalar xamda yosh ayollarda turli infeksion kasalliklarga chalinuvchandir.
Odatda qinda unchalik katta miqdorda bo’lmagan oq yoki biroz sarg’ish rangdagi chiqindilar bo’ladi. Qin uyat lablari orasida (kichik, ichki va katta tashqi) tugaydi.
Katta va kichik jinsiy lablar, peshonacha, klitor va qizlik pardalari tashqi jinsiy organlar xisoblanadi.
Peshonacha oldini qorin devorining pastki qismidagi, aynan shu oblastda teriosti yog’li kletchatkasini kuchli rivojlanganligi sababli do’nglik bo’lib ko’rinadi. Jinsiy yetilish davrida peshonachada junlar o’sib chiqadi.
Peshonachadan pastga qarab katta jinsiy lablar joylashgan – terining uzunchoq hosilasi bo’lib, ular orasida jinsiy yoriq (teshik) joylashgan. Har bir jinsiy lablarning pastki qismining uchinchi bo’lagi yopishqoq tiniq sarg’ish, suyuqlik ajratadi va bu suyuqlik jinsiy yoriqni namlab turadi. Katta jinsiy lablarning tashqi yuzasi junlar bilan qoplangan va katta miqdordagi ter va yog’ bezlari mavjud. Jinsiy yoriqning yuqorigi qismida unchalik katta bo’lmagan xosila klitor joylashgan, u ko’plab qon tomirlari va nerv tolalari bilan ta’minlangani sababli, juda sezuvchandir. Klitor orqasidan pastga qarab terining yupqa va nozik ikkita kichik lablar boshlanadi. Katta va kichik lablar qinga kirishni yopib turadi. Qinga kirish joyida qizlik pardasi (gimen) joylashgan. Bu yupqa parda juda ko’plab qon tomirlari va nerv tolalari bilan ta’minlangan, shu sababli gimenni yirtilishi juda og’riqlik va odatda qon oqishi bilan birgalikda kechadi. Aniqlashlaricha, qizlik pardasi yirtilguniga qadar gigiyenik rolni o’ynab qinga infeksiya tushishidan va ifloslanishidan saqlaydi.


Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin