Yosh fiziologiyasi va gigienasi



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə27/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Yo’ldosh – homila bilan ona organizmini bog’lab turuvchi organ bo’lib u orqali homilani oziqlanishi, uning nafas olishi va ajratish funksiyalari bajariladi. Yo’ldosh orqali homilaga ona qonidagi katta miqdordagi turli tuman himoya vazifasini bajaruvchi immun tanachalar (antitanalar) o’tadi. Homiladan kindik chiqadi (uzunligi 50-60 sm yo’g’onligi 1,5-2 sm bo’lgan qon tomirlari o’rimi). Kindiklar bir uchi bola joyi bilan va ikkinchi uchi esa bachadon devoriga bog’lanadi. Shunday qilib homila bilan ona organizmi orasidagi bog’liqlik bola joyi va kindik orqali bajariladi. Bachadonda rivojlanayotgan homila maxsus pardalar orasida joylashgan bo’ladi, bu pardalar xuddi xalta holatida bo’lib ichida homilaoldi suvlari bilan to’la bo’ladi. Bu suvlar homilani xaltada bemalol harakatlanishini homilani tashqi jarohatlanishdan va infeksiyadan himoyasini hamda tug’ish aktini mu’tadil kechishiga yordam beradi.
Mo’tadil homiladorlik 9 oy davom etadi. Bu davr mobaynida otalangan tuxumdan mikroskop ostidagina ko’rish mumkin bo’lgan o’lchamdagi hujayradan vazni 3 kg va undan ham yuqori bo’lgan bo’yi 50-52 sm.li bola rivojlanadi, homiladorlik tug’ish bilan tamomlanadi. Bachadonning muskullarini kuchli qisqarishi natijasida bola kichik chanoqga (tosga) itariladi, so’ngra qorin pressining muskullari qisqaradi va bola yorug’ dunyo yuzini ko’radi.
Bu paytda ona va bola pulslanib turgan kindik bilan bog’langan bo’ladi. Shifokor yoki akusher avval kindikni qoringa yaqin joyidan maxkamlab bog’laydi, so’ngra esa bog’dan keyin kesadi. Bolada o’pka bilan nafas olish yuzaga keladi. Bola tug’ilganidan keyin biroz vaqt o’tgach bachadon bo’shlig’idan yo’ldoshni tashkil qiluvchi pardalar (posled, yo’ldosh) ajralib chiqadi.
Tug’ishdan keyin bir necha hafta o’tgach (ayrim vaqtda bir necha oydan keyin) tuxumdondan tuxum hujayrasining yetilishi yana boshlanadi, ya’ni yana navbatdagi menstruasiya holatlari kuzatila boshlaydi. Ayol yana homilador bo’lish imkoniga ega bo’ladi.
2.4. Irsiyat va muhit

Embrionning rivojlanish bosqichlari orasida eng jarohatlovchi bosqich bo’lib, uning ona organizmi bilan uning bog’lanishining shakllanish davri hisoblanadi. (implantasiya bosqichi va yo’ldoshning shakllanish bosqichi) .


Homilaning rivojlanishidagi eng kritik va dastlabki noqulay davr bo’lib tuxum hujayra otalanganidan keyingi birinchi va ikkinchi haftaning boshlanish vaqti hisoblanadi.
Rivojlanishning 3-5 haftalari ham noqulay davrning ikkinchisi hisoblanadi va u odam embrionining ayrim organlarining hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’ladi. Bu davrlarda o’lim bilan birgalikda mahalliy mayib-majruhlik va rivojlanish xastaliklari kuzatiladi. Odamlarda bola joyining (yo’ldosh) organ shaklida hosil bo’lishi homilani rivojlanishining 8-11 xaftalariga kuzatiladi, bu uchinchi kritik davr hisoblanadi. Bu davrda homilada umumiy anomaliyalar va qator tug’ma kasalliklar ham yuzaga chiqishi mumkin.
Embriogenezda odatda erkak jinsdagi homilalar yuzaga keladi. Homilaning rivojlanishini 1-oyida erkak jinslilar ayol jinslilarga nisbatan 6 martaga ko’p bo’ladi. Homiladorlik mobaynida erkak jinsdagi embrionlarning ko’pchiligi o’ladi, natijada jinslar orasidagi nisbat tenglashadi.
Rivojlanishning kritik davrlarida homilaning kislorod bilan va to’yingan moddalar bilan ta’minlanishining yetarli bo’lmasligiga, sovuqga, issiqga, ionlanuvchi radiasiyaga juda sezuvchan bo’ladi. Agar homilaning qoniga uning organizmi uchun zararli bo’lgan u yoki bu moddalarning (dorivor moddalar, alkogol,) va ona organizmida hosil bo’ladigan boshqa zaharli moddalar bolaning rivojlanishini juda jiddiy buzilishiga olib keladi; o’sishning sekinlashishi yoki to’xtashi, ayrim majruhliklarning paydo bo’lishi, zarodishning ko’plab o’lishiga olib keluvchi, onaning och qolishi yoki ovqatlarning kamligi tufayli vitaminlar, aminokislotalar kabi komponenlarning yetishmasligi homilani o’limiga yoki turli anamaliyalarga olib keladi.
Infeksion kasalliklar homilaning rivojlanishi uchun jiddiy xavf tug’diradi. Homilaga qizamiq, gripp, poliyemelit, tepki, chechak kabi kasalliklarning viruslarini ta’siri odatda homiladorlikning birinchi oylarida namoyon bo’ladi.
Dizenteriya, xolera, kuydirgi, sil, sifilis terlatma kabi kasalliklar odatda homiladorlikni ikkinchi yarmida, oxirgi 3 oyida ta’sir qiladi.
Rivojlanayotgan organizmga juda kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omillardan yana biri ionlanuvchi nurlanish hisoblanadi. Radiasiyaning homila organizmiga bilvosita ta’siri (ona organizmi orqali) ona organizmining fiziologik funksiyalarning umumiy buzilishi hamda yo’ldoshning hujayra va to’qimalarida boshlangan o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi. Nurlar ta’siriga juda sezuvchan organlar bo’lib asab tizimi va qon hosil qiluvchi organlar hujayralari hisoblanadi.
Shunday qilib, homila tashqi muhitning shart-sharoitlarining o’zgarishiga, ayniqsa ona organizmida kechayotgan o’zgarishlarga juda sezuvchandir.
Juda ko’plab tadqiqot ishlarining natijalari shuni ko’rsatadiki, homilaga tashqi va ichki muhitning salbiy ta’siri faqatgina ona organizmi bilangina emas, balki ota organizmi orqali ham ta’sir ko’rsatishi mumkin ekan.
Erkaklarning to’la qiymatli oziqlanmasligi va turli infeksion kasalliklari (ayniqsa sifilis, sil, bursellyoz va boshq.) yoki kimyoviy agentlar spermatazoidlarni hayotchanligini susaytirishi yoki ularning yetilishini to’xtatishi mumkin. Erkaklar organizmi va uning avlodining rivojlanishiga nurlar energiyasi o’ta kuchli salbiy ta’sir ko’rsatadi. Nur ta’sirida erkakli jinsiy hujayralari tarkibidagi xromosomali apparat hujayralarining jarohatlanishini chaqiradi. Buning oqibatida bolalar ko’pchilik holatlarda o’lik tug’iladilar. Tirik tug’ilgan bolalarning yuragining tuzilishida, tomirlar, miya va boshqa organlar faoliyatida qo’pol buzilishlar kuzatiladi.
Ota yoki ona alkogolizm bilan shug’ullanganlarida homilaning rivojlanishi ko’p buzilishlarga uchraydi. Surunkali alkogol iste’mol qiluvchilarda bolalar ko’pincha aqliy jihatdan zaif bo’lib tug’iladilar. Alkogol odatda otalanguncha qadar ham, rivojlanayotgan homiladagi jinsiy hujayralarga jiddiy salbiy ta’sir qiladi.


Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin