Kimyoviy xossalari. Ammiakning kimyoviy xossalari uning electron tuzilishi bilan izoxlanadi. Dipol momenti μ = 1,46 D bo’lib, qutubli modda. NH3 molekulasi uch yoqli miramida tuzilishiga rN-H= 1,015 A, 0 bo’lib, unda azot atomi orbitalari sp3 – gibridlanganligi, bir juft electron kimyoviy bog’lanishda ishtirok etmasdan tetraedrning uchida joylashganligi sababli kuchli electron donorlik xossasiga ega.
Bu xossasi tufayli ammiak suvda yaxshi eriydi, kislotalar va ko’pchilik metallarning tuzlari to’zaro brikish reaksiyasiga kirishib turli tuz va kompleks birikmalar hosil qiladi.
H 3N: + H – OH → H3 N: …. H – O → NH4 OH
0,278 nm H
A zot atomi bo’sh electron orbitali bo’lgan vodorod atomiga bog’lanishda ishtirok etmagan electron juftini berib, donor vazifasini bajaradi, vodorod atomi qisman bo’sh orbitali hisobiga akseptor vazifasini o’taydi. Hosil bo’lgan NH4 OH qisman ionlanadi:
N H4 OH NH\s\up 8(+ + OH- Eritmada Kd = 1,8 ∙ 10-5, 1 molyarli eritmasida dissotsiyalanish darajasi 0,4% li ni tashkil etadi. 25 % li ( = 0.9 g/sm3) pH = 11,8 bo’lgan eritmasini suyultirib tegishli konsentratsiyali eritmalar hosil qilinadi. 10 % li NH4OH eritmasi “Noshadil spirti” deyiladi. Amiakning har qanday konsentratsiyali eritmasi zaharlidir!
Yuqorida aytilganidek gaz holidagi ammiak turli kislotalar bilan birikib qattiq holatdagi moddalarni hosil qiladi:
NH3(r) + HCl(r)→ NH4Cl(k) 2NH3(r) + H2SO4(c) → (NH4)2SO4(k) NH3(r) + HNO3(c) → NH4NO3(k) 3 NH3(r) + H3PO4(c) = (NH4)3PO4(k) Hosil bo’lgan tuzlar “ammoniy tuzlari deyiladi” va barcha suvda yaxshi eriydi. Qattiq holatdagi ammoniy tuzlarni hosil qilgan kislotalarning kuchi ortib borishi bilan ularning termik barqarorligi ham ortib boradi. Shunga ko’ra NH4 NO2 ga nisbatan NH4 NO3, NH4F ga nisbatan NH4Cl unga nisbatan NH4J barqaro modalardir.
NH\s\up 8(+ ionning radiusi r = 1,43 A bo’lib, kaliy ioni (K+) radiusi r = 1,33 A ga yaqin shu tufayli ammoniy birikmalarining hossalari kaliyning birikmalari hossalariga o’xshab ketadi. Bu tuzlardan NH4 NO3 – ammoniyli silitra, (NH4)3PO4 – ammoniy artofosfat yoki ammofos. K(NH4)2PO4 – akliy diamoniy fosfat. Azotli va kombinatsiyalangan mineral o’g’ritlar sifatida ishlatiladi (NH4)2CO3 – ammoniy korbanat non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqishda “g’ovak” tuzulishli mahsulotlar olishda keng qo’llaniladi.
(NH4)2CO3 2NH3(r) + CO2(r) + H2O
Ammoniy tuzlari bilan ammoniy gidrooksid tuzlari aralashmasi (NH4Cl + NH4OH; NH4OOCCH3 + NH4OH)
Eritma muhiti doimiy (pH = 9.2) bo’lgan asosoli buffer eritmalar hosil qilishda keng qo’llaniladi. Gaz holidagi ammiak kuchli qaytaruvchi hossasiga ega bo’lgani uchun ba’zi passiv metallarni olishda ishlatiladi.
3CuO + 2NH3 → 3Cu + N2 + 3H2O
Natriy gipoxlorid ta’sirida ammiak molekulasi oksidlanib azotning boshqa vodorodli birikmapsi N2H4 gidrozin (diamit) ni hosil qiladi. NaOCl1+ + 2NH3 → N2H4 + NaCl- + H2O
Kislorod ta’sirida ammiak yonadi:
4NH3 + 5O2 → 4NO + 6H2O (katalitik oksidlanish)
Katalizatorsiz:
2NH3 + 3/2O2 → N2+3H2O
Ammiakning O2 da oksidlanishidan azotning kislorodli birikmalarini hosil qilishda fordalaniladi.