musobaqa va trenirovka yuklamalarini nazorat qilish;
harakatlarni bajarish texnikasini nazorat qilish;
musobaqalarda sportchining holati va sport natijalarini nazorat qilish;
nazoratning har bir yo‘nalishida olingan ma’lumotlarni taqqoslash, ularni tahlil qilish va baholash.
Sportchining tayyorgarligini nazorat qilish ko‘pchilik mutaxassis–pedagog, shifokor, fiziolog, biokimyochi, psixolog, biomexanik mutaxassislar tomonidan birga o‘tkazilganda yuqori samara beradi. Majmuaviy nazorat qilish orqali sportchining holati to‘g‘risida aniq va to‘liq ma’lumot olish mumkin. Nazorat qilishning asosiy vazifalaridan biri sportchining jismoniy holatini baholashdir.
«Jismoniy holat» tushunchasi quyidagilarni: - sportchining salomatligini; - gavda tuzilishini; - fiziologik funksiyalarning holatini anglatadi. Jismoniy tarbiya va sport amaliyotida uch holat, ya’ni: tezkor, kundalik, bosqichdagi holatlar mavjud.
Sport metrologiyasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
Sportdagi o‘lchash texnikasi to‘g‘risida umumnazariy bilimlar tizimini tashkil etish, sport metrologiyasining nazariy asoslarini va matematik –statistika usullarini o‘rgatish.
Zamonaviy qo‘llanilayotgan o‘lchov tizimi va usullarini yoritish, ya’ni o‘lchov asboblaridan foydalanish va ularning yordamida o‘lchash o‘tkazish, ulardagi xatoliklarni aniqlash, olingan natijalarni tahlil qilish va ular asosida rejalar, dasturlar qabul qilishni o‘rgatish.
Ommaviy nazoratning metrologik asoslari, ya’ni sportchining tayyorgarligi va uni musobaqa hamda o‘quv mashg‘ulotlaridagi faoliyatini nazorat qilishning mazmuni va turlari, bundan tashqari o‘quv mashg‘uloti yuklamalari va ularni hisoblash, yuklamalar ko‘rsatkichlari va sportchilarning tayyorgarlik dinamikasini aniqlash, shuningdek sportda tanlash masalalari, sport natijalarini bashorat qilish, sport modeli tavsiflariga metrologik talablar ham katta o‘rin tutadi..
2. Sport metrologiyasidagi o‘lchashlar va ko‘rsatkichlarning o‘lchov birliklari O‘lchashning sodda usullari quyidagilardan iborat:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash usuli. Bunda FK ning qiymati o‘lchov asbobining ko‘rsatkichlari (masalan: tok kuchi – A ampermetr shkalasi va h.k.) bo‘yicha aniqlanadi.
Chegara (me’yor) bilan taqqoslash usuli. Bunda FK ma’lum bir o‘rnatilgan me’yor (chegara) bilan taqqoslanadi (masalan, richagli palladagi tosh (kg, g) bilan tana massasi (kg, g) va boshqalar.
Sport metrologiyasidagi asosiy o‘lchov birliklari:
uzunlik – metr (m), santimetr (sm), millimetr (mm);
vaqt, davr – soniya (s), daqiqa (min), soat (soat);
elektr toki kuchi – amper (A);
harorat – Kelvin (K), gradus selsiy (°S).
Sport metrologiya – bu jismoniy tarbiya va sportda (JTS) fizik kattaliklarni o‘lchash usullari va uslublarini o‘rganishga bag‘ishlangan fan.
Sport metrologiyasida hosilaviy o‘lchov birliklari :