153
ko’rsatish mumkin bo’lib, ular aholi soni va tarkibini bir lahzada prognoz
qilish imkonini beradi. AQSh stenzla byurosi komponent usulini amalga
oshiruvchi RUP kompyuter dasturini ishlab chiqdi.
Biroq, yana bir bor shuni ta’kidlaymizki, sof hisoblash tartibotlari –
bu demografik prognoz qilishning eng sodda va eng qiziqarsiz qismidir.
Prognoz qilishning ma’nosi qandaydir hisob-kitoblar emas, balki
tug’ilish, o’lim va migrastiya tendenstiyalarini prognoz qilishdan iborat.
Bunda bazaviy yil uchun aholi soni va tarkibi haqidagi ma’lumotlarning
aniqligi va ishonchliligini baholash prognoz
qilishdagi dastlabki qadam
bo’lishi kerak, chunki, agar ushbu axborot noto’g’ri bo’lsa har qanday
prognoz o’z ma’nosini yo’qotadi.
Agar aholi soni va tarkibi haqidagi ma’lumotlarning aniqligi va
ishonchliligi shubha uyg’otmasa, u holda prognoz qilishdagi keyingi
qadam tug’ilish, o’lim va migrastiyaning kelgusi tendenstiyalari
to’g’risidagi gipotezalarni olg’a surishdan iborat bo’ladi.
Bunda
demografik fanning hozirgi holati tug’ilish, o’lim va migrastiya
o’rtasidagi aloqalarni prognoz qilishda samarali qo’llash uchun zarur va
etarli darajada aniq va ishonchli tarzda qayd etish imkonini bermasa-da,
ushbu gipotezalarni o’zaro bog’lash zarur.
Alohida demografik jarayonlar parametrlari prognoz davrining har
yili
uchun emas, balki faqat uning ayrim nuqtalariga aniqlanishi ularni
prognoz qilishning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi, shundan so’ng
olingan qiymatlar oraliq sanalarga interpolyastiya qilinadi. Bunda
ko’pincha interpolyastiya tayanch nuqtalar o’rtasida demografik
jarayonlar parametrlarining o’zgarmasligi to’g’risidagi
taxminga olib
keladi. Masalan BMTning 1998 yildagi prognozi Rossiya uchun shundan
kelib chiqadiki, 1995-2000 yy. va 2025-2030 yy. besh yilliklar o’rtasidagi
davrda o’rtacha variant bo’yicha tug’ilishning umumiy koeffistienti
reproduktiv yoshdagi bir ayol uchun 1,35 tadan 1,70 tagacha tug’ilishga
ko’tariladi, so’ngra esa prognoz gorizont oxirigacha, ya’ni 2050 yilgacha
shu darajada saqlanib qoladi. 2000 yildan 2025 yilgacha bo’lgan oraliq
ko’rsatkichlar interpolyastiya usuli bilan hisoblab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: