Sa’diddin Taftazoniy islom falsafasi, mantiq, she’riyat va arab
tiliga bag'ishlangan 46 dan ortiq asarlarning muallifi.
Uning mash-
hur asarlari “Mantiq va kalomga sayqal berish”, “ Din asoslarini
izlovchilaming maqsadlari”, “Keng talqin”, “Yo‘l boshlovchi rahbar”
va hokazo. Uning ilmiy-falsafiy qarashlari negizida iroda erkinligi
muammosi alohida o ‘rin tutadi.
Koshiy (AI-Koshiy), G ‘iyosiddin Jamshid.
(Al-Koshiy), G ‘iyo-
siddin Jamshid (taxm. 1430-yil Samarqandda vafot etgan) - atoq-
li matematik na astronom.
Asli eronlik, Koshon shahridan bo‘lib,
boshlang‘ich matematik m a’lumotni shu yerda olgan va XV asr boshi-
da Ulug‘bekning taklifi bilan Samarqandga kelgan; bu yerda Qozizoda
Rumiy bilan birga Ulug‘bek rasadxonasi va madrasasi qurilishiga rah-
barlik qilgan.
Koshiy Ulug‘bek qo‘l ostida ishlagan Husayn Birjoniy, Ali Qushchi
va boshqalaming kamolotga yetishishiga katta hissa qo‘shgan. Koshiy
astronomiyaga oid “Ziji Hoqoniy dar takmili ziji Elxoniy” (“Elxoniy
astronomik jadvalini takomillashtirishda
Hoqoniy astronomik jad-
valining ahamiyati”), “Suliam us-samo” (“Osmon narvoni”), “Nuzxat
ul-xaloiq” (“Bog‘lar sayri”) va matematikaga oid “Risola al-muhiti-
ya” (“Aylana haqida risola”), “Risola ul-atvor al-jayb” (“Vatarlar va
sinus haqida risola”), “ M iftog‘ ul-hisob” (“Arif-metika kaliti”) asar-
larini yozgan. Koshiy birinchi bo‘lib matematikaga
pozitsion asosda
o ‘nli kasrlarni kiritdi va nazariy asoslari, ixtiyoriy ko‘rsatkichli ildiz
chiqarishga doir Nyuton binomi”ning koeffitsientlarini topishda ba’zi
bir formulalarga to‘g ‘ri keladigan additiv usulni qoMladi.
Koshiy sin
я va
к
(pi) sonini o ‘nlik sistemada 17 xona aniq-lik bilan hisobladi.
Koshiy o ‘rta asr Sharq matematikasini yuqori bosqichga ko4arishga
katta hissa qo‘shdi.
Ali Qushchi
(vaf. 1474-y.) yirik matematik va astronom sifatida
Samarqandda shuhrat topgan. U 20 dan ortiq asar yozgan bo'lib,
quyidagi risolalari mashhurdir: “Hisob haqida risola”, “ Kasrlar riso-
lasi”, “Hisob haqida”, “Astronomiya ilmi haqida risola”, “Sharhi Ziji
Ulug‘bek” va h.k. Nazariy falsafiy va tabiiy
ilmiy fikrlar keyinchalik
Mirsaid Jurjoniy, Yusuf Q orabog‘iy, C ho‘g ‘on Valixonov va boshqa-
27
lar tomonidan ijodiy rivojlantirildi. Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va
Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri tarixida birinchilardan bo‘lib
kuzatuv va tajribaga muhim e ’tibor qaratdi.
Dostları ilə paylaş: