SO‘Z BOSHI
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantali
marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majli-
sida ta’kidlanganidek “Farzandlarimizni
mustaqil fikrli, zamonaviy
bilim va kasb-hunarlami egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga
ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash” biz uchun
dolzarb ahamiyatga ega masala hisoblanadi [1].
Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat
bilan davom ettiramiz.
Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni
eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak
darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak in-
tellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosidqa o ‘z
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib
kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz [2].
0 ‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi istiqbolli yu-
tuqlari va islohotlari, “Kadrlar tayyorlash”
Milliy dasturining qabul
qilinishi hamda hayotga izchil tatbiq etilishidan asosiy maqsad barka-
mol avlodni komil inson darajasida tarbiyalash, sifatli bilim berish
hamda jamiyatda o ‘z o ‘mini topishga keng imkoniyatlaming yaratili-
shi bilan asoslanadi.
Talabalarda malaka va ko‘nikmalami shakllantirish, ta’lim tizimi-
da eskilik sarqitlaridan voz kechish va yangilari bilan almashtirish,
chuqur bilim, tinimsiz kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun ta’lim
tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va shu orqali
yoshlarda mustaqil fikrlash hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlanti-
rishga e’tiboming kuchaytirilishi maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimiz taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy
salohiyati va
umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyatiga, iqti-
3
sodiyotiga, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asos-
langan mukammal ta’lim tizimini barpo etishning ahamiyati juda katta.
Yurtimizdagi oliy ta ’lim muassasalari moddiy-texnika bazasi,
axborot resurslari va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, jahon ax-
borot-kommunikatsiya tarm og‘i bilan bog‘lash, ta’lim-tarbiya jaray-
onida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarini joriy etish, zamo
naviy o ‘quv adabiyotlarini yaratish, o ‘quv m ashg‘ulotlari jarayoniga
tatbiq etish tayyorlanadigan kadrlar hamda ta ’lim
sifatini oshirish-
ning debochasi hisoblanadi. Bu borada ta’limni boshqaruv organlari,
ta’lim muassasalarining oddiy xodimlaridan rahbarlarigacha, talaba-
o ‘quvchi va keng jam oatchilikdan talabchanlik va m as’uliyatni talab
etadi.
Mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirilishida kadrlarga b o ‘lgan ehti-
yojni o ‘rganish natijalari va buyurtmachi korxonalarning takliflari-
dan
kelib chiqib, keyingi yillarda “Dizayn (kostyum)” “Kimyoviy
texnologiya”, “Kasbiy ta’lim (kichik biznes va tadbirkorlik)”,
“G ‘aznachilik, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomat-
lashtirish”, “Servis texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko'rsatish so-
halari b o ‘yicha)” kabi ta ’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislami
tayyorlash hamda pedagog kadrlami qayta tayyorlash va ulami ma-
lakasini oshirish (ayniqsa o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi tizimi u-
chun), iqtidorli talabalarni izlash va ular bilan ishlash,
xorijiy tillami
o ‘rganishni chuqurlashtirish, axborot resurs, innovatsion texnologi-
yalam i keng tatbiq etilishini ta’minlash — aslida oliy ta ’lim sohasi
sifatini oshirishdagi kam tarona o ‘zgarishlardir.