ko‘rinsa, shunday tasvirlashga harakat qilishlari tushuntiriladi.
Agar ko‘pchilik o‘quvchilar biror o‘rinda to‘xtab qolsalar, o‘sha
o ‘rinni chiza olmasalar, barcha o ‘quvchilarni ishdan to ‘xtatib,
1—2 daqiqa maslahatlar, ko‘rsatmalar beriladi. Ayrim o‘quvchilar-
ning ishidan namunalar olib, o‘quvchilarga ko‘rsatib ham turiladi.
S in f ishining tahlili.
Darsning tugashiga 6—8 daqiqalar qolganda o‘qituvchi ,,a’lo“,
„yaxshi“, ,,o‘rta“ va ,,yomon“ bajarilgan ishlardan 4—6 tasini
(taxminan) olib, o‘quvchilar ishtirokida tahlil qiladi.
Tahlil uchun savollar:
1. Rasm qanday chizilgan?
2. Rasmda ayrim kamchiliklar ham bormi?
3. Kamchiliklami tuzatish mumkinmi?
4. Ishni qanday baholaymiz?
Uyga vazifa.
Kub shaklidagi predmetlardan topib, uning
rasmini qalamda chizib kelish.
Yodda tutingf
Rasm chizishda albatta kontur chiziqlardan
foydalaning. Naturangizni shunday qo‘yingki, uning uchta tomoni
albatta sizga ko‘rinib tursin. Uydagilaringiz vazifangizni chizib
berishmasin, zarur bo‘lsa, kub rasmini chizish va bo‘yashni
o‘rgatishsin, xolos. Uyda rasmni 2—3 marotaba qayta chizishingiz
ham mumkin.
Darsni yakunlash.
Dars tugashiga 1—2 daqiqa qolganda, xona tozaligini kuza-
tuvdan o‘tkazib, daftar, qalam, rezina-o‘chirg‘ichlami portfelga
solgach, darsning tugagani e’lon qilinadi.
Tematik kompozitsiya ustida ishlash
I I s i n f
Dostları ilə paylaş: