Bunday predmetlar rasmini chizish unchalik qiyin emas.
Chunki, ularning tasviri faqat ikki o‘lchovda, ya’ni balandligi va
enini ko'rsatish bilan yaratilishi mumkin. Ammo bulaming
rasmini
chizish uchun ham muayyan malakaga ega bo‘lish taqozo etiladi.
Shu hois dastlab yassi predmetlar rasmini chizish o‘rganiladi.
T o‘rtburchak shaklidagi yassi predmetlar
rasmini chizish
ToLrtburchak shaklidagi predmetlarning (daftar, konvert,
ro £moIcha, deraza, o ‘quvchi portfeli, bayram xati) rasmini
chizish uchun ularni to ‘g‘ri joylashtirib olish lozim (14- rasm).
Daftar muqovasi rasmini chizish
Daftar muqovasi rasm chizuvchiga to‘g‘ri to‘rtburchak holda
ko‘rinadigan qilib qo‘yiladi. Uni yaxshilab kuzatib,
rasmini chizish
uchun rasm daftarini qanday (tik yoki ko‘ndalang) qo‘yilishini
aniqlab, daftami shu holatga moslashtirib olinadi. Agar naturaning
balandligi enidan katta bo‘lsa, daftar tik, agar naturaning eni
balandligidan keng bo‘lsa, daftar ko‘ndalang qo‘yiladi.
Bu ham
natura shaklini daftarga joyJashtirishni osonlashtiradi. Shundan so‘ng
natura balandUgini chamalab, rasm chiziladigan varaqning yuqori
va past tomonidan bir xilda joy qoldirilib, ko‘ndalang chiziq chizib
olinadi. So‘ngra ikki yon tomonidan ham teng joy qoldirib, uni tik
chiziq bilan balandlik belgilangan ko'ndalang
chiziqlar bilan
tutashtiriladi. So‘ngra o‘rtadan tik chiziq tortib, undan markazni
aniqlab, shu markaz asosida daftar muqovasi
yuzasidagi yozuvlar
o‘rni belgilanadi. Bu albatta natura bo‘yicha aniqlanadi va chiziladi.
So‘ngra natura shtrixlar asosida bo‘yaladi. Daftaming o‘ziga qarab
rasmini qalamda chizish 14-rasmda bosqichlar bo‘yicha ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: