Chunki boshlang‘ich sinfdagi asosiy vazifa narsalar rasmini
qalamda va bo‘yoqda ishlash malakasini
oshirishdangina iborat
bo‘ladi.
Yangi dasturda suhbat, rangtasvir, grafika (qalamtasvir), hay-
kaltaroshlik, m e’morchilik, amaliy va dizayndan iborat 6 ta
yo‘nalishda bilim, malakalar berish ko‘zda tutiladi. Bu yo‘nalish-
laming o‘quv-tarbiyaviy vazifasi:
1) san’atshunoslik asoslaridan (faoliyatidan);
2) tasviriy faoliyat (naturaga qarab va tasawurlar asosida
rasm ishlashdan);
3) kompozitsiya faoliyati (mavzuli va bezakli kompozitsiya)
dan iborat bo‘ladi.
Bu vazifalaming bajarilishi rangtasvir, qalamtasvir (grafik),
haykaltaroshlik mashg‘ulotlari mazmunida o‘z ifodasini topadi.
I—II sinflarda san’at asarlarini o‘rganish bo‘yicha alohida
dars soati berilmagan bo‘lsa-da, rasm chizish mashg‘ulotlarida
bir necha san’at asarlari o‘ziga xos talabda tahlil qilinadi.
Ill sinf-
da 2 soat suhbat o‘tkaziladi. Bunda „San’atda rang, rang turlari,
sovuq va issiq ranglar“ , „S an ’atda turm ush voqealarining
tasvirlanishi“ mavzulari o‘rganiladi. Bu mashg‘ulotlarda o‘qituvchi
bolalar bilimiga, yoshiga qarab san’at asarlarini tanlaydi. Unda
atoqli rassomlaming manzara, portret,
turmush janrida yaratgan
asarlari tahlil qilinadi.
Suhbatda tabiatda rang, ulaming turlanishi, issiq va sovuq
ranglar, san’at asarining yaratilishida ulaming tutgan o‘mi, shu
ningdek, san’at asarlarining janrlarga, turlarga bo‘linishi va tur
mush janrida yaratilgan
asarlaming tuzilishi, undagi ranglaming
ishlatilishi haqida ma’lumotlar beriladi.
Dostları ilə paylaş: