siplaridan kelib chiqqan holda,
dars m aterialini oson, qisqa,
ilmiy asosda o ‘quvchiga yetkazadigan eng samarali uslubni
tanlaydi.
Tasviriy san’atni o‘qitishda og‘zaki bayon etish, savol-javob
va amaliy ishlarni tashkil etish va ko‘rgazmalilik
usullaridan
foydalaniladi. Maktab tasviriy san’ati kursining o‘ziga xos xususi-
yatlari bo‘lib, dars jarayonida o ‘qituvchi rasm chiziladigan narsa,
obyekt voqea-hodisalar yoki o ‘rgatilayotgan asar haqida o‘quv-
chilarga og‘zaki m a’lumotlar beradi. 0 ‘qituvchi darsning maqsadi
va vazifasidan kelib chiqqan holda dars mazmunini og‘zaki bayon
etish uslubida amalga oshiradi.
Tasviriy san’at darsi o‘z xarakteriga ko‘ra har bir dars m ate
rialini ko‘rgazmalar vositasida, ko‘rgazmali o ‘qitish uslubida
amalga oshiradi. 0 ‘qituvchining ko‘rgazmalilik uslubida o ‘tgan
darsi o ‘quvchilarga puxta bilim berish imkonini beradi. Tasviriy
san’at darslarining barchasida amaliy ishlar bajariladi. Shu
boisdan o ‘qituvchilar amaliy ishlar
uslubidan ham foydala-
nadilar.
V—VII sinflarning tasviriy san’at darslarida pedagogikaning
barcha turdagi dars o‘tish uslublaridan foydalaniladi. Ya’ni aralash
uslubda dars o‘tish ham amalga oshiriladi.
V—VII sinflarda rasmi chiziladigan natura va naturmortlarda
rasm chizish yoki tem atik kompozitsiyalar yaratishning ish
mazmuni sinfdan sinfga o‘tgan sari murakkablashib boradi. Bular
o ‘qituvchidan dars jarayonida qo‘llayotgan uslublarini o‘zgartirib
turishni taqozo etadi. Ammo har bir darsda og‘zaki
bayon etish
va savol-javob uslubidan keng foydalaniladi.
Tasviriy san’at darslarini tashkil etishda turli uslublarning
qo‘llanishidan qat’i nazar, o‘qitish didaktikasining tarbiyaviylik,
ilmiylik, izchillik,
ketma-ketlik, ko‘rgazmalilik, nazariyot bilan
amaliyotning birligi kabi prinsiplarga asoslaniladi. Chunki dars
uslublarining barchasi o ‘qitish didaktikasi asosida amalga oshiri
ladi. Didaktika sinf dars sistemasining ilmiy asosi bo'lib, didak
tika talabiga javob bermaydigan darsda o‘tilgan mavzu to ‘la
yoritilmay qoladi. Shuningdek, tasviriy san’atning
har bir dars
mashg‘uloti predmetlararo bog‘lanish prinsipi asosida o ‘tiladi.
162
Predmetlararo bog‘lanish darsning ilmiyligini, izchilligini,
amaliyot bilan bog‘liqligini ta ’minlaydi, o ‘quv materiallarini
boshqa o ‘quv fanlari bilan bog‘laydi. 0 ‘quvchilarning
boshqa
fanlardan olgan bilim va malakalaridan tasviriy san’at darslarida
foydalanishga o‘rgatadi. Ular bu bog‘lanish asosida dars mate-
rialini osonroq o'zlashtirib oladilar.
Yangi dasturga muvofiq, I—VII sinflarda tasviriy san’at fani
mashg‘ulotlari: suhbat,
rangtasvir, grafika (qalamtasvir),
haykal -
taroshlik, m e’morchilik, amaliy va dizayn san’ati yo‘nalishlarida
olib boriladi. Bu sinflarda ham o ‘quvchilar tasviriy san’at, amaliy
san’at, badiiy loyihalar, dizayn san’ati, haykaltaroshlik (hajmli
tasvirlash) va san’at asarlarini tahlil qiladilar. Shuningdek, ular
qalamtasvir, rangtasvir, grafika va ulardagi janr, mavzu, kompo-
zitsiya, hajm, fazo (perspektiva), chiziq, yorug‘-soyalar, rang,
rang uyg‘unligi, dog‘, mazmun, shakl, g‘oya kabilar haqida ham
ma’lumot oladilar.
Dostları ilə paylaş: