Qalamtasvir
Qalamtasvir
— nafsa va voqealar tasvirining chiziq-shtrixlar
vositasida qalam bilan ifodalanishidir (10- rasm).
Qalamtasvir — rasm chizishning asosi b o ‘lib,
narsaning ras-
m ini qalam da tasvirlashni bilmay turib, hech qanday tasvir-
ning rangi-tusini ifodalab bo ‘lmaydi.
Shu boisdan ham taniqli
48
rassom M ikelanjelo — „Qalamtasvir — shakl yaratish san’ati
b o ‘lib, rangtasvir, haykaltaroshlik va m e’m orchilikning oliy
nuqtasi va barcha fanlaming ildizi — negizidir“ ‘, — deb ko'rsatgan
edi.
San’atning bu yo‘nalishiga Qadimgi Misr, Y unon, Xitoy,
Hindiston, Italiya,
Ispaniya, Fransiya, Germaniya,
Portugaliya,
Rossiya mamlakatlarida alohida e ’tibor beriladi va u mustaqil fan
sifatida o ‘rgatiladi.
Narsaning o ‘ziga qarab rasm chizishda akademik kom po-
zitsiyalar yaratish kabi qalamtasvirdan foydalanishning juda ko ‘p
uslublari ishlab chiqilgan.
Ishlanish texnikasiga k o ‘ra qalamtasvir
rassom tom onidan
q o ‘lda ishlangan — original va maxsus qolip — klishalar asosida
bosilgan bo‘ladi. Bosilgan qalamtasvir ishlari gravyura va litografiya
usulida ishlanadi.
Original qalamtasvir ishlar o ‘zining ishlanish uslubiga ko‘ra:
etud, eskiz, xomaki ish, ijodiy va akademik ish turlariga b o ‘linadi.
Dostları ilə paylaş: