B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2019



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə3/88
tarix26.10.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#66363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublik-fayllar.org









KIRISH

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-shaxsiy hayot, inson va fuqarolarning huquqlari va va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiya va unung asosida qabul qilingan qonunlarsiz tasavvur qila olmaymiz.


Prezident Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda ta`kidlaganidek “To'la ishonch bilan aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo'lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo'lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda”.
Shu bilan birga ta`kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini to'liq amalga oshirish borasida ulkan vazifalarni amalga oshirish lozim. Fuqarolar, ayniqsa yoshlarning qonunga, Konstitutsiyaviy tuzumga, boshqa fuqarolarga nisbatan hurmat hissini va huquq ustuvorligini ta`minlash ko`nikmalarini shakllantirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Zero, Konstitutsiyani chuqur bilish orqaligina Vatanga sadoqat, jamiyatga hurmat paydo bo‘lib, belgilangan burchlarni ixtiyoriy bajarishga intilish vujudga keladi.
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi” fani huquqiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. Konstitutsiyaviy huquq normalari jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy masalalarni, xususan xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish jarayonidan kelib chiqadigan markazida inson manfaatlari turuvchi “fuqaro-jamiyat-davlat” o‘rtasidagi munosabatlar ularning asoslarini tartibga soladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev ta`biri bilan aytganda “Konstitutsiya hamda qonun talablariga og'ishmay amal qilish ma'naviy saviyamiz, madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart”1. Bunda mazkur fanning mavjud ijtimoiy munosabatlar, huquq normalarini mos kelishi masalasini o‘rganib, ijtimoiy munosabatlarni yanada to‘g‘riroq tartibga solish, ularni rivojlantirishiga imkon beradigan huquq normalarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifalari yaqqol namoyon bo‘ladi. Konstitutsiyaning mohiyatiga e`tibor bersak, mag‘zini chaqsak, bugun oldimizda turgan ko‘pgina savollarga, muhim muammolarni yechishda javob topamiz.
Konstitutsiya huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy siyosiy xususiyatlari, taraqqiyotining bosh mezonlari, mamlakatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlari o'z ifodasini topgan bo'ladi. Konstitutsiyaning qimmatli ahamiyati shundaki, uni puxta o'zlashtirgan shaxs, fikrimizcha o'zini yanada kuchliroq, yanada mukammalroq va albatta, yanada kafolatlangan sezadi.Uning mazmuni va mohiyati ostida nazarda tutilgan tinch va farovon hayotga bo'lgan ishonchlari yanada mustahkamlanadi.
Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018 yildagi “O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori asosida yuridik kollejlarning o'quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurslari jihatdan ko'maklashish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash esa — hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Mazkur darslik 2018-yilda tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Shuning uchun unda faqat Konstitutsiyaviy huquq predmeti doirasidagi mavzularni yoritishga harakat qilindi. Darslikda Konstitutsiyaviy huquqning huquq tizimidagi predmeti va Konstitutsiyaviy huquq fani predmetini aniqlashtirishga, Konstitutsiya prinsiplari bilan Konstitutsiyaviy prinsiplarni aniqlashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Chunki avvalgi nashr etilgan Konstitutsiyalarda shu masalalarda noaniqliklar uchrar edi.
Darslik tizimi asosan Konstitutsiya tizimiga mos tushadi va yuridik kollejlar o'quvchilarida konstitutsiyaviy huquqiy bilimlarni va shiddat bilan davom etayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan. Ayrim mavzular aniq Konstitutsiyada belgilangan tartibda emas, ijtimoiy hayotdagi o‘rniga qarab ketma-ketligi belgilanib yoritilmoqda.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin