B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2019



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə9/88
tarix26.10.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#66363
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88
B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublik-fayllar.org

§ 7. Xalq hokimiyatchiligi
Xalq hokimiyatchiligi – demokratiya so’zining tarjimasi bo’lib, yunoncha “demos” – xalq, “kratos” – hokimiyat degan ma’nolarni anglatadi. Xalq hokimiyatchiligi barcha insonlarning tengligi va erkinligini tan olishga, aholini turli jamoat tashkilotlariga birlashish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalq ishtirokida saylash, davlat hokimiyatining taqsimlanishi va xalqning davlatni boshqarishda ishtirok etishiga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Xalq hokimiyatchiligi” deb nomlangan ikkinchi bobi davlatimizning demokratik tabiatini ifodalaydi va O‘zbekiston suveren demokratik respublika ekanligini tasdiqlaydi.


Konstitutsiyaning 7-moddasidaXalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi..” degan qoida belgilangan. Demak, O’zbekistonda davlat xalq irodasini ifodalaydi va uning manfaatlariga xizmat qiladi.
O’zbekistonda xalq hokimiyatchiligi ikki shaklda amalga oshiriladi:

Bevosita demokratiyaning asosiy ko’rinishlaridan biri – referendum. Konstitutsiyaning 9-moddasidaJamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.” degan qoida belgilangan.



Yodda tuting!


Referendum so’zining lug’aviy ma’nosi lotincha “ma’lum qilinishi lozim bo’lgan narsa ” deganidir, ya’ni davlatda hal qilinishi lozim bo’lgan muhim masalalar xalqqa ma’lum qilinadi va uning ovoz berishi orqali hal etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning ikkinchi shakli – bu fuqarolarning fuqarolarning davlat ishlarini hal qilishda o’zi saylagan vakillari ishtirok etishidir. Konstitutsiyaning 10-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin. Demak, Oliy Majlis ham, Prezident ham xalq vakilligining oliy ko‘rinishi hisoblanadi. Oliy Majlis bevosita xalq tomonidan tashkil etiladi. Demak, O‘zbekiston xalqi o’z ichidan munosib nomzodlar tanlab(deputatlar), ularni Oliy Majlisga o’zining vakili sifatida saylaydi. Shuningdek, O‘zbekistonda Prezident bevosita xalq tomonidan saylanadi, u xalqdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakolat oladi.
Vakillik demokratiyasining rivojlanishida, siyosiy partiyalar nodavlat tashkilotlar muhim rol o‘ynaydi. “Zero, siyosiy partiyalarsiz va jamoatchilik harakatlarsiz respublikada vakillik demokratiyasini tasavvur qilib bo‘lmaydi”2.
Demokratiya ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini to‘la topishi, undan barcha bahramand bo‘lishi uchun uning har ikki shaklidan to‘g‘ri foydalanish, ular o‘rtasida barqaror mutanosiblikka erishish zarur.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin