shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik idoralariga yoki davlat hokimiyati idoralariga ishga kirsa;
agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo’lsa;
agar O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg’onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo’lsa;
agar shaxs chet davlat foydasini ko’zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo’lsa;
agar shaxs chet davlatining fuqaroligini olgan bo’lsa.
§ 4. O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati O‘zbekiston aholisining asosiy qismini tashkil qilivchi fuqarolardan tashqari, O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lmagan, uning hududida doimiy yashovchi yoki vaqtincha bo’lib turgan shaxslar – chet ellik shaxslar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hisoblanadi.
Yodda tuting!
Chet ellik shaxslar deb O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan, va xorijiy davlat fuqaroligiga tegishli ekanligi to’g’risida dalil isbotga ega bo’lgan shaxslar e’tirof etiladi.
Yodda tuting!
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan, va xorijiy davlat fuqaroligiga tegishli ekanligi to’g’risida dalil isbotga ega bo’lmagan shaxslar fuqaroligi bo’lmagan shaxsal sifatida tan olinadi.
Xalqaro huquq qoidalaridan kelib chiqib, Konstitutsiyamizga “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar” degan qoida kiritilgan (23-modda).
Xalqaro huquq normalariga asosan, mamlakatimizdagi chet el fuqarolari va fuqarosiz shaxslarga barcha shaxsiy, iqtisodiy huquqlaridan foydalanish huquqi belgilangan va ta’minlanadi.
Chet el fuqarolari va fuqarosizlar yashash huquqiga daxlsizlik huquqqiga, vijdon erkinligiga, mehnat qilish, bilim olish va hokazo huquqlariga ega va ular davlat tomonidan ta'minlanadi.
Sud organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chet el fuqarolari hamda fuqarosiz shaxslarni ham huquqlarini ta'minlash, himoya qilish vazifasi yuklatilgan.
O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi va boshqa sabablar bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan chet el fuqarolarining huquqlari, shu mamlakatlarning O‘zbekistondagi vakolatli organlari tomonidan ham qo‘shimcha himoya qilinadi, ta'minlanadi. Bu borada xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilinadi.
O‘zbekistonda yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ba’zi huquqlari cheklangan bo’ladi. Bu siyosiy huquqlardir. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga saylov huquqidan foydalanishga haqlari yo’q, shuningdek, siyosiy tashkilotlarga ham a’zo bo’la olmaydilar. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga faqat tegishli davlat organlariga ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi ta’minlanadi.