B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


Birinchi-jamiyat aʼzolarining mehnat va dam olishga qaratilgan siyosiy  yoʼlini ishlab chiqish:  Ikkinchidan



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

Birinchi-jamiyat aʼzolarining mehnat va dam olishga qaratilgan siyosiy 
yoʼlini ishlab chiqish: 
Ikkinchidan-aholiga ijtimoiy turmush xizmatlarini koʼrsatishning samarli 
yoʼllarini ishlab chiqish: 
Uchinchi-aholiga nafaqa va imtiyozlar berish, ijtimoiy himoyalash siyo-satini 
olib borish.
2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mamlakatdagi Jamoasi 
va BMTning rezident bo‘lmagan agentliklari Umumiy Mamlakat Tahlilini (UMT) 
yakunladilar; ushbu xujjat BMTning tashkilotlar oilasi tomonidan O‘zbekiston 


hukumatini rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida, shu jumladan Barqaror 
Rivojlanish Maqsadlariga erishishda qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan tahliliy 
asoslarni belgilab berdi (BRM). Ammo shu vaqtdan beri COVID-19 pandemiyasi 
O‘zbekiston jamiyati va iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 2020 yil oxiri va 2021 
yil boshlarida iqtisodiy tiklanishning ba’zi bir alomatlariga qaramay, pandemiyaning 
o‘zbek jamiyatiga ta’siri juda kuchli bo‘ldi va u hali ham davom etmoqda; COVID-
19 oqibatlarini yumshatish uchun hukumat xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlari 
qayta taqsimlanganligi haqida gapirmasak ham, pandemiya nafaqat xalq 
salomatligini, balki biznes va savdoni ham qamrab oladi, iqtisodiy o‘sishni 
pasaytiradi, ta’lim tizimiga og‘irlik keltiradi, va kambag‘al va marginal 
(qasshoklikga tushib qolgan) odamlar sonini ko‘paytiradi.
Shunday sharoitda BMT Mamlakat Jamoasi (BMTMJ) 2019 yilda va 2020 yil 
boshida kelishilgan asosiy tahlilni qayta ko‘rib chiqishni va COVID-19 tomonidan 
yuzaga keltirilgan uzilishlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston oldida turgan 
rivojlanish muammolarini jamoaviy tushunishni takomillashtirishni zarur deb bildi. 
Shunday qilib, ushbu UMT hukumatning tezkor ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlovchi 
tahliliy bazani takomillashtirish istagini hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy 
yo‘nalishini tiklash va yaxshilashga yordam berishning uzoq muddatli maqsadini 
aks ettiradi.
Shu munosabat bilan, yangilangan UMT, BMT oilasining qiyosiy ustun-
liklarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonni BRMga erishishda yordam beradigan 
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda, 
xususan “hech kimni ortda qoldirmaslik” va inson huquqlari - 2030 yil Dasturidagi 
ikki ajralmas tamoyilga alohida urg‘u berilayapti. COVID-19 epidemiyasidan 
oldingi ta’sirchan taraqqiyot Koronavirusdan oldin O‘zbekistonda jamiyatning 
barcha jabhalarini qamrab olgan keng va tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida ushbu o‘zgarishlar iqtisodiy, 
ijtimoiy va siyosiy sohalarda sezilib turdi, bu Sovet davridan keyingi davr uchun xos 
bo‘lgan 27 yillik kuchli markazlashgan boshqaruvdan uzoqlashishni anglatadi.
Ijtimoiy adolatni taʼminlash odil ijtimoiy siyosatning maqsadidir. Tarixan 
oʼzini oqlagan insonparvar ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi jamiyatda ijtimoiy 
adolatni taʼminlashdir. Ijtimoiy adolat tenglik va erkinlik soʼzlari bilan hamoxang 
boʼlib, u doimo va koʼpchilik tomonidan qoʼllanib keladi. Turli darajadagi 
deputatlikka nomzod boʼlgan birorta shaxs ijtimoiy adolat soʼzini chetlab o’ta 
olmaydi, doimo uni himoya etish maqsadida soʼz beradi. Ijtimoiy adolat soʼzi nimani 
anglatadi va hozir mamlakat raxbariyati tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy siyosat 
kanday roʼyobga chikarilmokda. Boshqa hamma ijtimoiy voqelik kabi “ijtimoiy 
adolat” tushunchasi tarixiy yaʼni har bir aniq vaziyatda jamiyat taraqqiyoti darajasi 


bilan belgilanadi. Xatto Аrastu farovonlik va baxt-saodat tushunchalarini odamlar 
oʼzlari olib borayotgan hayotdan tashkil boʼlgan deb toʼgʼri koʼra olgan.
Ijtimoiy sohada bundan buyonga rivojlanishga yangicha nazar tashlash uning 
olib boraetgan ahamiyatni toʼla-toʼkis baxolash zarur. Chunki ayni shu sohada 
mehnat-kashlarning hayotiy manfaatlariga daxldor boʼlgan iqtisodiy faoliyat 
natijalari roʼyobga chikadi. Аyni shu sohada jamiyatning insonparvarlik tabiati 
namoyon boʼladi.
Jamiyatda siyosiy hokimiyat amal qilishi, uning chegaralari, qoidalariga 
doimiy ta'sir ko'rsatuvchi kuchlar mavjud. Agar biz siyosiy hokimiyatni-barcha 
guruhlar manfaatlari borasidagi doimiy o'zaro bog'liqlik va o'zaro ta'sirning oliy 
ko'rinishi tarzida baholaydigan bo'lsak, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslar 
siyosiy hokimiyatning asosiy subyektlari, deb qaralishi lozim bo'ladi. Ammo, shaxs 
hayotda turli rollar va turli vazifalarda namoyon bo'lishini yaxshi bilamiz. Masalan, 
yigit (qiz) oilada - farzand, o'quv dargohida - talaba, to'garakda - shogird, siyosiy 
harakat yoki uyushmada - xayrixoh, faol a'zo yoki yetakchi singari rollarni bajaradi. 
U turli maqsad va vazifalar doirasida faoliyat ko'rsatadi. Bundan tashqari, yosh, jins, 
millat, kelib chiqishi, egallayotgan (yoki egallab bo'lgan) kasbiga ko'ra bog'liqliklar 
ham mavjud.
Shunday qilib, inson o'z ijtimoiy yoki siyosiy faoliyatini turli guruhlar ichida 
olib boradi. Siyosiy fanda ana shu faoliyatlarning hammasi emas, faqat hokimiyatga 
qaratilganlarigina o'rganiladi. Deylik, tadbirkor o'z ish faoliyati yuzasidan turli 
jamoalar, guruhlar bilan bog'lanadi, ular bilan birgalikda yoki ularga zid ravishda 
harakat qiladi. O'z - o'zidan tushunarliki, tadbirkorning bu faoliyati politologik tahlil 
obyekti bo'la olmaydi. Ammo, tadbirkor o'z muammolarini siyosiy hokimiyat 
orqaligina hal qila oladigan hollar mavjud. Masalan, soliq siyosatini o'zgartirish, 
davlat miqyosida u yoki bu qonunni qabul qilish yoki bekor qilish. Bu holda 
tadbirkor o'ziga o'xshash boshqa tadbirkorlar bilan uyushadi, yoki agar shunday 
uyushma mavjud bo'lsa, unga murojaat etib, hokimiyat organlarida o'z manfaatini 
himoya qiluvchi qaror qabul qilinishini talab etadi. Shu tarzdagi bosimni 
kuchaytirish maqsadida ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik, mutaxassislar 
muhokamaga tortiladi v h.
Siyosatda uyushgan ijtimoiy guruhlar ta'siri samarali, deb hisoblanishi ana 
shundan. Tadbirkorning shu tarzdagi faoliyati - bevosita politologik tahlil obyektini 
tashkil etadi. Shunday qilib, jamiyatni undagi mavjud ijtimoiy guruhlar yoki 
qatlamlar nuqtai nazaridan o'rganish-siyosiy fandagi yana bir muhim yo'nalishlardan 
biridir. Jamiyatlar barcha davrlarda ichki bo'lingan.
Taraqqiyot davomida bu bo'linish murakkablashib borib, jamiyatlar bag'rida 
yangidan - yangi qatlamlar vujudga kelgan. Ijtimoiy qatlamlarning siyosatdagi 
muhim o'rnini allomalarimiz Forobiy, Ibn Sino, Nizomulmulk, buyuk Amir Temur 


alohida ta'kidlagan. Jamiyatlarning rivojlanishi bilan bu o'rin yanada mustah-
kamlandi. Demokratik jamiyatda ijtimoiy guruhlar siyosatning faol subyektiga 
aylanadilar. Boshqacha qilib aytganda, demokratik jamiyat o'z manfaatlariga ega 
bo'lgan va shu manfaatga erishish uchun faoliyat ko'rsatuvchi turli ijtimoiy 
guruhlarning birligidir. Jamiyatni aynan shu tarzda qarash va o'rganish demokratik 
an'anaga xosligini yana bir bor ta'kidlaymiz.
Siyosiy tizimlarning ichida faqat demokratiyagina guruhlarning keng siyosiy 
ishtiroki, muhokama, murosaga asoslanadi. Demak, "xalq" deb ataluvchi yaxlit 
birlik aslida har xil manfaatlar, ehtiyojlarga ega turli ijtimoiy guruhlardan iborat 
ekanligi va bu hol qonuniyligi e'tirof etildi. Bu guruhlar jamiyatda tutgan o'rinlari, 
ega bo'lgan resurslari, uyushish darajasiga ko'ra farqlanadi. Shuningdek, bu guruhlar 
o'rtasidagi farqlar demografik, etnik, konfessional bo'lishi mumkin. Ijtimoiy 
qatlamlashuv-o'zaro bog'liq va pog'onalashuv asosida tashkil topgan qatlamlar 
birligidan iborat ijtimoiy tengsizlik tizimi. Har qanday jamiyatni turli omillarga 
asosan turli xil ijtimoiy guruhga bo'lish mumkin.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin