B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


 Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy siyosat tushuncha-



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

11.2. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy siyosat tushuncha-
larining o’zaro bog’liqligi. 
 
Davlatning ijtimoiy siyosati - tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqa-
lashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali turli guruhlari 
o’rtasidagi qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarini qayta taqsimlashdan 
ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish va ish haqining eng kam 
darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam 
ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda 
qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi 
munosabatlarni inson parvarishlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish 
hisoblanadi. 
Aholini daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta‘sir ko’rsatish sababli 
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste‘mol 
tovarlarni narxnig o’sishini hisobga olish va nominal daromadlarini narxlar o’sishiga 
bog’liqlikdan oshirib borish hisoblanadi. SHaxsiy daromadni himoya qilishda 
ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi aholining kambag’al qatlamini qo’llab-
quvvatlash hisoblanadi. 
Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi yordamida 
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy 
ehtiyojlarni qondirishning minimal me‘yor bilan birga ijtimoiy talablarning minimal 
xarajatlarni ham o’z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy 


ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda 
aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib 
olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulkni miqdori, oilaviy 
ahvoli kiritiladi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin