B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

4.1-jadval. 
O’zbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy 
ko’rsatkichlari
Ko’rsatkich lar 
1995 
1996 
1997 
1998 
1999 
2000 
2001 
2002 
2003 
2004 
2005 
Xususiylash-
tirishtiril-gan 
korxonalar soni 
, birlik 
8537 
1915 
1231 
451 
448 
374 
1449 
1912 
1519 
1228 
980 
Xususiylash- 
tirish natijasida 
tashkil etilgan 
nodavlat 
mulkidagi 
korxonalar soni 
8537 
1915 
899 
266 
373 
372 
1238 
1800 
1452 
1228 
980 
AktsiYadorlik 
jamiyatlari 
1026 
1257 
456 
110 
141 
152 
227 
223 
75 
28 



Xususiy 
korxonalar 
6036 
420 
260 
103 
156 
103 
827 
1252 
981 
1038 
902 
Boshqa 
shakldagi 
korxonalar 
1475 
238 
183 
53 
76 
117 
184 
325 
396 
162 
75 
Xususiylashtiris
hdan tushgan 
mablag’, mild 
.so’m 
2.4 
5.3 
4.4 
8.9 
9.1 
14.3 23.2 43.6 56.1 78.4 80.5 
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, 
avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning 
umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy 
munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur . 
Davlat mulki - davlatga tegishli bo’lganda mulkka egalik qilish, foydalanish 
va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’ladi. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan 
hosil bo’ladi:
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish; 
2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va 
tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish . 
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy 
resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib 
bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va trans’ort vositalari, yo’llar kabi 
iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin . 
O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Res’ublika 
mulkidan va ma’muriy-xududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. 
Yer-osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy resurslar, res’ublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, 
davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi, 
valyuta fondi va boshqa davlat fondlari res’ublika mulki hisoblanadi . 
Ma’muriy-hududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati 
mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munisti’al uy-joy fondi 
va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, 
madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi . 
Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish 
vazifasi davlat mulki mono’oliyasini qisqartirishni taqozo qiladi. Chunki sog’lom 
bozor iqtisodiyoti davlat mono’oliyasi bilan chiqishmaydi, mono’oliya raqobatga 
to’sqinlik qiladi . 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining 
ulushi kamayib u asosan jamoa mulkiga, ayrim hollarda fuqaro mulkiga va xususiy 
mulkka aylanadi . 


Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yal’i milliy mahsulot 
va milliy daromad yaratishdagi hissasi qisqarib, ayni vaqtda boshqa mulkka mansub 
korxonalar hissasi ortib boradi.Jamoa mulki - muayyan maqsad yo’lida jamoaga 
birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan 
o’zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, 
badal to’lab korxona qurishi, akstiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali ‘aydo 
bo’ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va 
mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi . 
Jamoa mulkiga - kop’erativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, 
akstionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari 
va diniy tashkilotlarning mulki kiradi . 
Ko’erativlar mulkining asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini 
o’zlashtirishning jamoa-guruh xususiyatidir. Mulkchilikning bu turida ishlab 
chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi muayyan mehnat 
jamoasi doirasida ro’y beradi. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish va ularni 
o’zlashtirish mulk egasi bo’lmish mehnat jamoasi doirasida amalga oshiriladi
hamda jamoa va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarning mushtarakligi vujudga keladi . 
Koperativlar qishloq xo’jaligida, sanoat, qurilish, trans’ortda, savdo va umumiy 
ovqatlanish, ‘ulli xizmatlar sohasida hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy 
hayotning boshqa tarmoqlarida, ilmiy va ilmiy-texnikaviy xizmat ko’rsatish 
sohalarida bar’o etilishi va faoliyat ko’rsatishi mumkin . 
Koperativ faoliyat uchta asosiy turga ajraladi: ishlab chiqarish, matlubot va aralash 
Koperativlar . 
Ishlab chiqarish koperativlari o’z a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Ishlab 
chiqarish va xizmatlarning boshqa sohalaridagi Koperativlarning har biri o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’lib, ular ichida qishloq xo’jaligi Koperativlari alohida ajralib 
turadi . 
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish Koperativlarining asosiy shakli jamoa va shirkat 
xo’jaliklaridir .Masalan, jamoa xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jalik korxonalari 
doirasida kollektiv va oilaviy ‘udrat hamda er uchastkalari va asosiy fondlarni 
ijaraga olish sharoitida daromadlari ‘irovard natijaga bog’liq ravishda 
shakllanadigan xo’jalik hisobidagi
Mulkchilikning davlat shakli bilan bir qatorda sohani rivojlantirishning bir qator 
masalalarini echishda (uy-joy, ijtimoiy infrastrukturaning boshqa ob’ektlari – 
sanatoriyalar, dam olish uylari, bolalar bog’chalari va shu kabilarni qurishda)
Shaharlarda aholining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabini yaxshiroq qondirish 
maqsadida davlat korxonalari va tashkilotlari uning tasarrufidan chiqarilib turli xil 
matlubot koo’erastiyalari vujudga kelmoqda. Matlubot koo’erastiyasining mulki 
mulkchilikning davlat va boshqa shakllaridan kelib chiqadi. Mulkchilikning bu 
shakli faoliyatida uning a’zolari o’z mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Shaxsiy 
mulk - mulk shakllari ichida muhim o’rin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki 
bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk 
shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’’ayadi va 
rivoj to’adi . 


Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, 
o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va 
ko’’ayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk akstiyadan keladigan 
dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga 
asoslanadi . 
Shaxsiy mulk ob’ektlari - bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, trans’ort vositalari, ‘ul 
jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa 
xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan 
mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. “O’zbekiston Res’ublikasida mulkchilik 
to’g’risida”gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy 
xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq 
korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo’lishi mumkin. Shaxsiy 
mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad to’ish yo’lida 
ishlatilishi mumkin.Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma 
mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir . 
O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risidagi qonunida (7-modda), 
xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk 
bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi . 
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va salbiy 
tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga 
ma’suliyatlilik munosabatlarini rag’batlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab 
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. 
Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan 
bo’g’inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini 
shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni 
mutlaqlashtirish, bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab 
chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, 
Koperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga 
kelishi mumkin . 
O’zbekiston Res’ublikasining Qonun hujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish 
manbalari ham ko’rsatiladi. Tadbirkorlik bilan shug’ullanish, yollanib ishlash, kredit 
muassasalariga qo’yilgan mablag’lar, qimmatli qog’ozlardan olinadigan 
daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qo’lga kiritish kabilar ana shunday 
manbalardan hisoblanadi. Shuningdek, Res’ublika qonun hujjatlariga (O’zbekiston 
Res’ublikasi ‘rezidentining 1994 yil 21 yanvardagi Farmonining 3-bandi) muvofiq 
savdo, xizmat ko’rsatish sohasi ob’ektlarini ular joylashgan er uchastkalari bilan 
birga tanlov asosida sotilishiga ruxsat beriladi. Mazkur er uchastkalariga xususiy 
mulk huquqining hamma me’yorlari taalluqli bo’lib, ular sotilishi, vasiyat qilib 
qoldirilishi, ijaraga berilishi mumkin. Demak, qishloq xo’jaligidan boshqa ayrim 
faoliyatlarda er ham xususiy mulk ob’ekti bo’lishi mumkin. Biroq erning boshqa 
toifalari, jumladan, umumiy foydalanishdagi erlar, qishloq xo’jalik ekinzorlari va 
davlat zahirasiga kiritilgan erlar davlatning alohida mulk ob’ektlaridir va shu sababli 
ular fuqarolarga faqat meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi 
mumkin . 


Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk ‘aydo bo’ladi. Bu 
mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini 
bildiradi . 
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mulkchilikning turli xil 
shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni 
rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to’liq 
foydalanish, tashabbuskorlik va sog’lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay 
muhit yaratishga qaratilgandir . 
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va 
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan 
iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli res’ublikamiz 
‘rezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga 
keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat 
qiladi»
14
deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida res’ublikamiz 
iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq 
hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan 
mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga 
«hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga 
olib keldi . 
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat 
sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum 
qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga 
ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 
noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi: 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin