B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


-rasm.Monopol hokimiyat keltirgan sof zararlarning chizma tasviri



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

7.1-rasm.Monopol hokimiyat keltirgan sof zararlarning chizma tasviri . 
A va B iste’molchi yutug’ining yo’qotilishi, A monopol yutug’I, 
B va C monopol yo’qotishi .3. Iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika 
taraqqiyotining 
sekinlashuvi. 
Bunday 
holatning 
vujudga 
kelishi 
monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda 
yuqori foydani qo’shimcha urinishlarsiz o’zlarining bozordagi hukmronliklari 
hisobiga olishlari mumkin. Bu esa, ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, 
uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, 
uning assortimentini kengaytirish, fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish va 
xaridorlar manfaatlari to’g’risida qayg’urish kabi xatti-harakatkardan qaytaradi . 


Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to’sqinlik qilib, 
nisbatan kuchsiz bo’lgan korxonalarni o’zlariga bo’ysundirishlari, jamiyatga o’z 
ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to’lash, sifati oast tovarlarni 
ishlab chiqarish, o’ta darajada oshirilgan tovar narxlari (yoki pasaytirilgan xarid 
narxlari), o’z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi 
o’zlarining kamsituvchi shartlarini ko’ndalang qo’yishlari mumkin . 
Monopoliyaning salbiy tomonlari haqida oldindan ta’kidlab kelingan va bir qancha 
buyuk iqtisodchilar bu haqida o’z fikrlarini bildirib o’tishgan. Buning yorqin misoli 
sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:- Arnold Xarberger fikriga ko’ra 
bozorda monopoliyaning mavjud bo’lishi jamiyat boyliklarining bir qismini 
qaytmas xarajatlar (DeadWeight Loss (DWL))ga aylantiradi. Bu fikr o’z tasdig’ini 
topgan. 
7.2-rasm.Jamiyatning qaytarib bo’lmas yo’qotishlari . 
Xavri Leybenstayn monopoliyada samaradorlikni oshiruvchi stimul 
yo’qligini ta’kidlaydi. Richard Pozdner esa monopolist monopol hokimiyatini 
ushlab qolish uchun qo’shimcha keraksiz sarf-xarajatlar qilishini va bu harajatlar 
odatda iste’molchining zimmasiga tushishini, hamda natijada bu aholi 
daromadlarining kamayishiga olib kelishini aytib o’tgan . 
Yuqorida monopoliyaning salbiy jihatlari bilan tanishib chiqdik . Umuman 
olganda monopoliyaning ijobiy tomonlari ham mavjud, biroq uning bozor 
iqtisodiyotiga va umuman iqtisod sohasiga yetkazadigan zararlari bir talay. 
Monopollizm avj olib ketgan sharoitda ayni amalakatdagi raqobat, narx-navo, ish 
haqi, bozorning amal qilish sikli, pul aylanmasi va shu kabi iqtisodiy jarayonlarga 
jiddiy zarar yetadi. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga 
ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham 
mumkin.Monmopoliyanig yo’liga to’siq sifatida davlatdan boshqa subyekt 
maydonga chiqa olmaydi.Shunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar 
iqtisodiyotida monopoliyalarni davlar tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari 
qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi . 
Davlat 
monopoliyaga 
qarshi 
siyosat 
yurgizishda 
avvalo, 
qonun 
tashabbuskorligi va qonun chiqaruvchi huquqlaridan foydalanadi va monopoliya 
qarshi qonunlar ishlab chiqadi. Bu jarayon antimonopol qonunchilik deb ataladi . 


Tarixdan ma’lumki antimonopol siyosat yurgizgan birinchi mamlakat AQSH 
hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan bir davrda esa deyarli barcha 
mamlakatlar monopoliyaga qarshi jiddiy kurash olib bormoqda(ba’zi davlatlar 
bundan mustasno) . 
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo’lgan 
monopolistic hokimiyatni to’planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik 
hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta’sir qilish 
kuchini bildiradi.Qaysi firma bozor narxiga ko’proq ta’sir qila olsa, u ko’proq 
monopolistik hokimiyatga ega bo’ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga 
o’xshash nohush holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi . 
Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, 
shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham qatnashadi .Bu 
esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z 
aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning 
monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat 
mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, 
raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi . 
Davlat monopolizmga йarshi siyosat yurgizishida, umuman olganda
bozorning "bir maromda" faoliyat ko’rsatishidagi to’siqlarni bartaraf etishdan 
jamiyat manfaatdorligining oshirilishi tushuniladi. Davlatning monopolizmga qarshi 
siyosati ra?obat munosabatlarini takomillashtirishda g’oyatda muhim vositadir. U, 
birinchidan ayrim firmalar tomonidan bozorning egallab olinishiga qarshi kurashni, 
ikkinchidan, firmalar o’rtasidagi bozor mexanizmlari harakatini cheklashi mumkin 
bo’lgan yashirin kelishuvlarni bartaraf etishni, uchuinchidan, zaxiralarning 
iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqasiga erkin o’tishi yo’lidagi g’ovlarni 
o’qotishni taqozo etadi . 
Yetarli bo’lmagan yoki buzib ko’rsatilgan axborotlar muayyan an'analar, 
qonunlar, mayda tadbirkorlar uchun kredit yo’lining berkligi va hokazolar ana 
shunday g’ovlar jumlasiga kiritilishi mumkin . 
Monopolizmga qarshi siyosat shart qilib qo’yilgan choralar, ko’pincha, erkin 
bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid keladi. Lekin, qanday g’ayritabiiy tuyulmasin, 
ular bozor stixiyasining o’z- o’zidan yemirilishidan (monopoliya bozor kuchlari 
harakatining qonuniy natijasi bo’lgan holda) va bozorni tashqaridan yemiruvchi 
omillar (raqobatning nomukammalligini tabiiy resurslarning cheklanganligi, 
xo’jalik faoliyati va qonunchilikning xususiyati, hukumat muassasalari, an'analar va 
hokazolarning harakatlari keltirib chiqargan holda)dan himoya qilishga yordam 
beradi . 
Monopolizmga qarshi siyosatni amalga oshirishning ikkita asosiy usuli 
ma'lum: ma'muriy (qonun chiqaruvchilik) va raqobat munosabatlarini bilvosita 
tartibga solish . 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin