B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


ko’ra:  a) tabiiy monopoliya;  b) legal monopoliya;  v) sun‘iy monopoliya. Tabiiy monopoliya



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

ko’ra
a) tabiiy monopoliya
b) legal monopoliya; 
v) sun‘iy monopoliya.
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli 
mahsulotga bo’lgan talbni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda 
samaradorlik amalga oshiruvchi tovar bozorining holatidir. Bunda ishlab chiqarish 
hajmi ko’payadi, tovar birligiga to’g’ri keluvchi xo’jalik xarajatlari kamayib 
boradi.Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi 
monopolistik holatdan iborat. Ular tarkibiga himoya qiluvchi qo’yidagi monopoliya 
shakllarini kiritish mumkin:1) Patent tizimi – bu ixtirochi yoki mualliflar tomonidan 
yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi maxsus 
guvohnomalar – patentlar orqali amalga oshiriladi.2) Mualliflik huquqi – ilmiy, 
badiiy va san‘at asarlari, ijro san‘ati fonogrammalari, ko’rsatuvlar, efir to’lqini yoki 
kabel orqali tasvir uzatish kabilari yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini 
qonuniy tarzda tartibga solish shakli.3) Tovar belgilari – bu savdo belgilari
nishonlari, maxsus ramzlari nomi va haqozo.Sun‘iy monopoliya – monopol foyda 
olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarining shartli nomi. Sun‘iy 
monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda 
namoyon bo’ladi.Kartel – bitta sanoat tarmoqdagi bir necha korxonalarning 
uyushmasi bo’lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga 
o’z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‘ni 
maxsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish 
narxlari, bozorlarning bo’lib olinishi va h.q. bo’yicha kelishuv asosida amalga 
oshiriladi.Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha 
korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik 
birlashma ishtirokchilarning o’zida saqlanib qolgan holda, ular tomonidan ishlab 
chiqarilgan mahsulot tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga 
oshiriladi.Trest – ishlab chiarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi 
mulkiy egalikni ta‘minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishdagi 
birlashmasi.Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini 
birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga 
juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar 
qo’yish).Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar 
(sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o’z ichiga 
oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan 
moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir . 


Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta‘sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni 
mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi: 
1. Monopoliya ma‘lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning 
tejalishiga olib keladi . 
2. Monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalarda nisabtan 
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini 
joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi . 
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida qo’yidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin: 
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi; 
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi; 
3) iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi; 
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi . 
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni 
davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin