B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


Davlat mikroiqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

 
6.2. Davlat mikroiqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari . 
Mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda 
davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyevning soʻzlari bilan aytganda, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat 
va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz . 
Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash boʻyicha 
amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, Jahon bankining “Biznes yuritish – 
2020” hisobotida Oʻzbekiston 7 pogʻonaga koʻtarilib, 69-oʻrinni egalladi va 
dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Yangi korxona 
ochish qulayligi boʻyicha yurtimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi oʻringa koʻtarildi . 
Bunday imkoniyatlar natijasida joriy yilning oʻtgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018-
yilgiga nisbatan 2 barobar koʻp yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Lekin hali 
soha rivoji yoʻlida qilinadigan ishlar ham koʻp.“Biznes yuritish – 2020” hisobotida 
koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-
mulkni roʻyxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak. Shu bois bugungi 
videoselektor yigʻilishida tadbirkorlarga yerni onlayn auksion orqali berish, mulkni 
roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha idoralararo elektron axborot almashinuvini 
taʼminlash zarurligi taʼkidlandi. Xorijiy tajriba asosida, mulkka boʻlgan huquqni 
davlat roʻyxatidan mustaqil oʻtkazishga masʼul alohida tuzilma tashkil etish taklifi 
bildirildi . 
Prezidentimiz hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik biznes subyektlari 
tashkil etish va ishlayotgan tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda hal 
etishga sarflashi lozimligini taʼkidlab, juda koʻp rahbarlar bunga befarqlik va 
masʼuliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi . 
Buni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini 
koʻrib chiqish qabulxonalariga kelib tushgan 26 mingta murojaatning deyarli yarmi 
bevosita tuman darajasida hal qilish mumkin boʻlsa-da, muammolar joyida 
yechilmagani uchun fuqarolar yuqori idoralarga murojaat qilishga majbur 
boʻlayotgani ham yaqqol koʻrsatib turibdi . 


O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning 
asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 
iqtisodiy islohotlar o’tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar 
yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-
me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko’maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, 
korxonalar shular jumlasiga kiradi. O’zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik 
biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
Kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar davlatga bog’liq 
bo’lmagan holda, ya’ni katta kapital mablag’larsiz o’zlari ish joylarini joriy etishlari, 
hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo’lgan tovarlar tanqisligini 
kamaytirishlari va xattoki, bu tanqislikni butunlay yo’qotishlari mumkin. Hozirgi 
jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning extiyojlarini 
qondirish sari yo’naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko’rsatish hamda xalq 
iste’moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko’rinmoqda. Kichik 
korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga 
ega.Bizning respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan 
mahsulotlar hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O’zbekistan 
Respublikasining «Korxonalar to’g’risida», «Mulk to’g’risida», «Erkin tadbirkorlik 
faoliyati kafolatlari to’g’risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjattlar asosida tashkil 
etilmoqda.Kichik korxonalar ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning etakchi 
sohalarini yangi texnologiyalarga o’tishda tobora o’z o’rnini topib bormoqda. Ular 
yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini 
joriy qilish bilan ish jarayonini ta’minlovchi butun tizimni asosiy bog’lovchilik 
sifatini o’zlarida namo-yon etmoqdalar.Bugungi kunga kelib, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, 
mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste’moli mollarini, qishloq 
xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda 
faoliyat 
ko’rsatmoqda.Kichik 
korxonalar 
ishlab 
chiqargan 
mahsulot 
davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi 
va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi.
Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari 
faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog’langan, 
ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta 
ishlovchilar 
va 
hokazolardir.Xususiy 
tadbirkorlik, 
kichik 
biznesni 
jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar 
tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit 
resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit 
yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi 
«Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada 
rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 
30 avgustda PF-3305-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o’rta 


korxonalar» tushunchasi bekor qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar 
kichik biznes sub’ektlari hisoblanadi:

yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni 20 
kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan 
tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 
kishidan oshmagan mikrofirmalar . 
Quyidagi tarmoqlarda band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni:

yengil va oziq-ovqat sanoti, metallga ishlov bei shva asbobsozlik, yog’ochni 
qayta ishlash va mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida – 100 
kishidan; 

mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 
xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa 
sanoat-ishlab chiqarish sohalarida – 50 kishidan; 
- fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari 
(sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlannish hamda 
boshqa noishlab chiqarish sohalarida – 25 kishidan oshmagan kichik 
korxonalar . 
Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga 
tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli 
o’tishini ta’minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o’z 
faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg’or texnologiyaga, kam turkumli 
ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor 
asoslarini tez o’zlashtirib boradilar. Mulkchilik shakllariga ko’ra kichik 
korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar.
Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar.
Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlaydigan kichik korxonalar.
Ijara korxonalari.
Kichik qo’shma korxonalar. 
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi 
ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:

xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab, 
ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani 
yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta’minlab bo’lmaydi; 

bozor uchun zarur bo’lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o’zgarib 
turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o’zgartirib olish 
qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi; 
iste’molchilik sohasida yuzaga keladigan bo’shliqni tezda to’ldirishga qodir bo’lib, 
eng zamonaviy mashina uskunalari va texnolo-giyadan foydalanib sarflangan 
sarmoyaning o’rnini juda tez qoplay oladi . 
Kichik 
biznes 
va 
xususiy 
tabdirkorlikning 
xususiyatlari 
(muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish 
vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga 
ega bo’lishi imkoniyatlarini yaratadi:



izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o’zlashtirish, ularni 
talabning tez o’zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik 
uyushmalarda ishlab chiqarish; 

tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste’molchilar bilan mustahkam 
aloqalar o’rnatish; 

ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni 
bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o’zgarishlariga muvofiq olib 
borish; 

ortiqcha ish kuchini o’ziga singdirish; 

boshqarishning oddiyligi, katta ma’muriy apparatning yo’qligi, qurilish va 
loyiha quvvatlarini o’zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez 
o’zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik; 
xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liqroq va 
samaraliroq foydalanish . 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog’liq barcha narsalar 
zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy qismini 
tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o’rin ajratilib, ularga davlat tomonidan 
madad berilmoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika rivojiini 
jadallashtirish, sanoatning ilg’op tarmoqlarida yangi texnologiyalarga o’tish 
sharoitida o’z o’rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot 
texnologiyalarini, yangi g’oyalar va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bilan 
ishlashni ta’minlovchi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan 
tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo’lgan sharoitlarda ishlab 
chiqarishning ma’qul shakllaridan hisoblanadi. Kichik korxonalar texnologiya 
yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega. Yangi 
texnologik g’oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik 
biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga qaraganda ishni 
tezroq yo’lga qo’yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni 
rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini 
ta’minlashda, tovarlar va xizmatlar etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik katta o’rin tutadi. Mehnat resurslari tez o’sayotgan va ishlab 
chiqarish joylashuvidagi o’ziga xoslik sharoitlarida O’zbekistonda kichik korxona-
lar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyat-larni yaratadi:

erkin mehnat resurslarining, yangi xo’jalik munosabatlarining joriy etilishi, 
yangi mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi natijasida ishlab chiqarishda 
bo’shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko’proq jalb 
etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’lishi; 

aholining, birinchi navbatda yoshlarning, moddiy, ma’naviy va kasb 
darajasini ko’tarish; 

aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab 
chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq 
iste’moli mollariga bo’lgan extiyojlarini to’laroq qondirish; 


milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o’rta shaharlarni, 
qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko’rsatish, umuman, har bir 
mintaqa uchun g’oyat muhim bo’lgan iqtisodiyot samaradorligini oshirish . 
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkor-likning ijobiy 
ahamiyatini e’tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham 
to’g’ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko’rsata oladi, 
shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni yaratish 
zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg’armalarini tashkil etish kerak. Bu 
jamg’armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil 
bo’lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga 
(iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalar-ni rivojlantirish uchun) 
manba bo’lib xizmat qilishlari lozim.O’zbekistonda kichik korxonalarni 
moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikka xizmat ko’rsatadigan banklar, fondlar, investiiiyalar va 
sug’urta tashkilotlarining faoliyatlarini rag’batlantirish yo’nalishida olib borilishi 
lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O’zbekiston Respublika-sida ham agar korxona 
ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va 
boshqalar) qatnashayotgan bo’lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning 
eng kam me’yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy 
shartlardandir.Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko’rib bo’lmaydigan xilma-
xil xatarli vaziyatlar katta ta’sir ko’rsatadi, kon’yunkturaning keskin o’zgarib 
ketishi, mijozlarning to’lovga qodir bo’lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang 
ahvolga tushirib qo’yadi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug’urtalar tizimi 
yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug’urtalar barpo etilishi 
zarur. Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa tijorat xatarlari katta 
bo’lgan sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o’ziniki bo’lgan yoki qarz olingan 
kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur 
barqarorlikni yaratishi kerak.Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o’tkazilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy 
raqobatning rivojlanishini, iste’mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan 
to’ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo 
etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal 
qilish lozim:

aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi 
boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida 
xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug’ullanish istagini 
uyg’otish; 

qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va 
fermer xo’jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon 
qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo’li bilan 
vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo’shimcha ish joylari bilan ta’minlash; 

mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashti-rish, iqtisodiy 
raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 



respublika aholisining ortib borayotgan talab va extiyojlarini to’laroq 
qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish; 

ko’rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, 
auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan 
va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta’minlash; 

korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan 
mustaqil bo’lishlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish; 
joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko’ra 
osonlik bilan moslashtira oladigan iste’mol bozorini tovar bilan to’ldirib, eksport 
uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish . 
Ma’lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda 
yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar 
mavjudligini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida 
band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko’rsatish, qayta ishlash va shu kabi 
yo’nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik 
biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog’liq turli boshqaruv pog’onalarida 
tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.Bu 
maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni 
hal qilish lozim:

bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish; 

hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish; 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab-
quvvatlash; 

kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash; 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta’minlashni 
qo’llab-quvvatlash; 
islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga 
etkazish . 
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati 
muhim rol o’ynaydi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha shu sohadagi cheklovlar 
kichik biznes rivojidagi aksariyat muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. 
So’rov 
o’tkazilgan 
tadbirkorlarning 
75 
foizi 
moliya-kredit 
tizimini 
takomillashtirishni, 52,5 foiz soliqni, 69 foizi moddiy-texnika resurslari bilan savdo 
qilishni yaxshilash lozimligi to’g’risida fikr bildirganlar. Shuning uchun 
islohotlarning hozirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to’siq bo’layotgan 
omillarni tahlil qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga 
egadir. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin