keladi. “Yagona darcha” tamoyilini joriy etish tadbirkorlar uchun juda foydali.
Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash,
eksport mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartiblari
soddalashtirildi va tannarxi arzonlashtirildi. Tadbirkorlik subyektlarida ro‘yxatga
olingan kundan boshlab uch yil mobaynida rejali tekshirishlar o‘tkazish taqiqlangan
tartib joriy etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq
va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich
o‘tish amalga oshirilmoqda .
Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlariga jalb etishning yangi
mexanizmini mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikricha, strategik nuqtai nazardan
mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning yangi bosqichi, deyish mumkin.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi “Davlat
xaridlari tizimini optimallashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni
kengaytirish to‘g‘risida”gi qarorini alohida ta’kidlash lozim. Unga ko‘ra, 2011-yil
1-apreldan boshlab tovarlar, ishlar va xizmatlarni davlat xaridlarining yangi
mexanizmi kuchga kirdi. Davlat xaridlarining yangilangan tartibi nafaqat kichik
biznes sub’ektlari uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha
tenderlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish kafolatlariga asoslanadi, balki
potentsial yetkazib beruvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat va bitimlarning
shaffofligini yanada rivojlantirishga qaratilgan. . “Davlat xaridlari bo‘yicha
tenderlarni o‘tkazishda, boshqa shartlar teng bo‘lgan holda, kichik biznes
sub’ektlariga ustunlik beriladi”, “Davlat byudjeti va boshqa markazlashtirilgan
manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qiymati 500 million so‘mgacha bo‘lgan
ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun pudratchi tanlash. , faqat kichik
biznes sub’ektlari o‘rtasida amalga oshiriladi”, — davlatimiz rahbarining qarorida
kichik biznesning yetakchi roli belgilab berilgan. Shunga ko‘ra, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik vakillariga munosabat tubdan o‘zgarmoqda. Bugun ular
davlatning teng huquqli sheriklari sifatida harakat qila boshladilar. Qabul qilingan
dastur doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi
iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish, shuningdek, ularning eksport
salohiyatini oshirish, eksport mahsulotlarini mintaqaviy va jahon bozorlariga olib
chiqishga ko‘maklashish masalalari hal etilmoqda. Kichik biznes barcha rivojlangan
mamlakatlarda qo'llab-quvvatlanadi. Bu holat kichik biznes ijtimoiy zarur mehnatni
tashkil etishning yangi shakli sifatida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy
manfaatlariga javob berishini tasdiqlaydi. Ushbu faoliyat butun mamlakat
iqtisodiyoti uchun ham, har bir fuqaro uchun ham birdek foydalidir va shuning
uchun ham davlat tomonidan munosib e'tirof va qo'llab-quvvatlanadi. Kichik
korxonalar ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida qo'shimcha mehnatni o'z ichiga
oladi, bu esa yangi qadriyatlarni yaratadi, milliy daromad va milliy boylikni
oshiradi. Kichik biznes shunday rivojlanish manbaiki, O‘zbekiston hozir ham,
kelajakda ham rad eta olmaydi .
Dostları ilə paylaş: