davlatlari almashinuv kursini targetlash effekt bermayotganligini va inflyasiyani
to‘g‘ridan-to‘g‘ri targetlash lozimligini tan olayotganligi borasida xulosa chiqarsak
bo‘ladi.
Bir qator mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarning pul-kredit
siyosatini inflyasion targetlash sifatida izohlash mumkin. Masalan,
Amerikaning
Stendforsk Universitetining mashhur professori Dj.Teylor, Amerika Qo‘shma
Shtatlarining pul-kredit siyosati inflyasion targetlashning empirik qoidasi sifatida
tavsiflanadi, deb hisoblaydi. Ushbu qoidaga binoan, Federal Zaxira Tizimi YaIM
o‘zgarishining uning potensial ko‘rsatkichidan chetlashishiga hamda mavjud
inflyasiya darajasining prognoz ko‘rsatkichidan
chetlashishiga javoban, tizimli
ravishda federal fond foiz stavkani (federal Fund Rate) to‘g‘irlab boradi.
O‘ylaymizki, ko‘pchilik davlatlar uchun, shuningdek aksariyat olimlar uchun,
mamlakatda narxlarning barqarorligiga (ya’ni past va bir maromdagi inflyasiya
darajasiga) erishish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi birinchi omil hisoblanadi.
Amaliyot esa shuni ko‘rsatmoqda-ki, iqtisodiy siyosatning, ya’ni bandlikning yuqori
darajasi yoki yalpi ishlab chiqarishning o‘sishi kabi maqsadlarga erishish yo‘lidagi
sa’y-harakatlar, barqaror narxlar tamoyiliga zid kelmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar,
pul-kredit siyosati yordamida birdaniga bir necha maqsadlarda harakat qilishi,
inflyasiyaning o‘sishiga
olib keladi, deb hisoblaydilar.
Inflyasion targetlash, inflyasiya hali o‘zi haqida bildirmasdan turib, inflyasion
choralar ko‘rish imkonini beradi. Iqtisodiy nazariyaga ko‘ra, inflyasion targetlash
yetarli darajada oddiy jarayon hisoblanadi. Uning mohiyati quyidigidan iborat:
Markaziy bank kutilayotgan inflyasiya dinamikasining prognozini belgilaydi;
inflyasion prognoz inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari (imkon qadar erishilishi
kutilayotgan) bilan taqqoslanadi; inflyasion prognoz hamda inflyasiyaning maqsad
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq pul-kredit siyosatida qanchalik tuzatishlar olib
borilishi kerakligi haqida darak beradi. Inflyasion targetlashning mohiyati shundan
iboratki, bunda Markaziy bank inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichini belgilaydi, va
unga erishish uchun barcha instrumentlardan foydalanadi. Inflyasion targetlashdan
foydalanayotgan mamlakatlar, Markaziy banklar
murojaat qiladigan standart
usullarga qaraganda pul-kredit siyosatining samaradorligini oshirishga yordam
beradi, deb hisoblaydilar.
Dostları ilə paylaş: