Milliy xalq o‘yinlari ikki guruhga bo‘linadi: 1. Milliy harakatli о‘yinlar.
2. Milliy xalq o‘yinlari.
Milliy harakatli o‘yinlar sport turlari bilan hamda xalqimiz qad-
riyatlari bilan aloqador bo‘lib, ular asrlar davomida davrlarga mos
ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelingan. U bolalar-
ning jismonan baquwat, sog‘lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, udda-
buron bo‘lib o‘sishlarida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Xalq milliy
o‘yinlarida millatning o‘tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojla-
nishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analarijamlangandir.
4. Bolalar lug‘atini boyitishda ta’limiy o‘yinlarni tanlash, o‘tkazish va tahlil qilish. Xalq milliy o‘yinlarini maktabgacha ta’lim muassasala
rida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
- xalq milliy o‘yinlarining turlari va ulami tashkil etish yo‘llari,
usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
- milliy o‘yinlami tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urf-
odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
- maktabgacha yoshdagi bolalami milliy istiqlol ruhida tarbi-
yak.shda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish;
- xalq ertaklari, xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
- bolalaming o‘ynashlari uchun shart-sharoit (o‘yin uchun jihoz-
lar, atributlar) yaratish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o‘rtasida
milliy o'yinlar bo‘yicha ko‘rik tanlovlari va musobaqalar o‘tkazish.
Milliy harakatli o‘yinlar bolalaming yosh xususiyatlariga,
o‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
1— 2 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Barmoqqa-
barmoq», «G‘oz-g‘oz», «G‘oz tursin», «Bup-bup», «Toy-toy»,
«Poyezd», «Achom-achom» o‘yinlari, go‘dak endi bir-ikki qadam
tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam
beradigan o‘yinlar hisoblanadi.