bo‘lgan davrdayoq ishlab chiqilgan oilada, maktabgacha ta’lim muas-
sasasida, maktabda bolalarga ona tilini o‘qitish jarayonida ularning
nutqini rivojlantirish metodikasi Ye.LTixeyevaning pedagogik nazari-
yasida markaziy o‘rin egallaydi. 1913-yilda Ye.LTixeyevaning «Ona
tili va uni rivojlantirish yo‘llari» nomli asari bosilib chiqdi. Tixeyeva
nutqni rivojlantirishning ahamiyati, yo‘llari va vositalariga oid muhim
masalalami til madaniyatini umumiy rivojlantirish, bolalarda o‘z xal-
qiga, vataniga muhabbatni tarbiyalash bilan bog‘liqlikda o‘rgangan.
Ye.I.Tixeyeva tilni o‘rgatishni ilk bolalik chog‘idan boshlash zarur, deb
hisoblagan, chunki to‘g‘ri nutq ko‘nikmasi boshqa ko‘nikmalar sin-
gari oilada orttiriladi. Ye.LTixeyevaning fikricha, jviaktabgacha ta’lim
muassasasi bolalaming oarcha qobiliyatlarini rivojlantirgan holda
nutqni egallashning juda ahamiyatli va muhim qobiliyatiga e’tibomi
qaratishi darkor: «Chunki nutqni muntazam o‘rgatish, nutq va tilni
metodik rivojlantirish maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiya
ishlarining asosini tashkil qilmog‘i lozim»13.
Maktabgacha ta’lim muassasasining Ye.I.Tixeyeva tomonidan
olg‘a surilgan asosiy vaziiasi - bolalaming barcha qobiliyatlarini, shu
jumladan nutqni egallash qobiliyatini jadal rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratishdan iborat. Ayni paytda nutqni o‘rgatish bolalar
bog'chasidagi butun tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i zarur.
Ikkinchi vazifa - bolalar nutqining shakli, uning kichkintoy
atrofdagilardan o‘zlashtirib oladigan narsalar tuzilmasi ustida ish-
lashidan iborat.
- Uchinchi vazifasi - bolalar nutqini rivojlantirish vazifasini tarbiya-
chilar zimmasiga yuklagan holda pedagog Ye.I.Tixeyeva fikriga ko‘ra,
bolalar nutqini rivojlantirishning eng yangi metodlarini o‘zlashtirishi,
nafaqat metodik usullami bilishi, balki ulami bolalar bilan muloqot
chog‘ida qo‘llay olishi ham darkor.
Ye.I.Tixeyeva o‘z metodikasida bolalar nutqini rivojlantirishga oid
ishlar mazmunini hamda nutqning rivojlanishi, og‘zaki nutq rivojla
nishi ro‘y beradigan faoliyat turlarini aniqlaydi.
Mashg‘ulotlar jarayonida ushbu faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishda
Tixeyeva asosiy e’tibomi lug‘atni boyitish va ravon nutqni rivojlan-
Dostları ilə paylaş: