Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

- 0 ‘rik .
- Sariq gilos.
«Yovvoyi hayvonlaming nomini ayting».
- Ayiq.
- Sher.
- Bo‘ri.
- Tulki.
- Yo‘lbars.
Tarbiyachi ikkita o‘xshash so‘z aytadi. Bolalar uchinchi o‘xshash 
so‘zni topadilar. Uchinchisi nima?
- archa, to l,.. . terak;
- lola, binafsha,. .. chuchmoma;
- chumchuq, qarg‘a , . .. kaptar.
Bu o‘yinlar bolalami hayvonlami bir-biridan ajrata olishga, 
o‘simliklami farqlashga, tez va aniq so‘zlashga o‘rgatadi.
Sayr-sayohatlardagi suhbatlardan maqsad, bir tomondan, bolalami 
tevarak-atrof, o‘simlik va hayvonot aunyosi bilan tanishtirish bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan, ularda mavsumiy o‘zgarishlaming yuz berishi bi­
lan bog‘liq nutqini shakllantirish hamdir.
Sayohatga tayyorgarlik jarayonida bolalarga mavsumiy kiyinish 
va ayni paytdagi faslga xos xususiyatfar haqida ma’lumot beriladi.
Sayohat 
davomida tarbiyachi bolalarga dov-daraxtlardagi 
o‘zgarishni kuzatish vazifasini topshiradi. Buning uchun quyidagicha 
savollar bilan murojaat qilish mumkin:
- Bahorda va yozda (kuz va qishda) daraxtlaming bargi qanday 
rangda edi?
- Hozir daraxtlaming bargi qanday tus olibdi?
- 0 ‘t-o‘lanlaming rangi-chi?
- Daraxtlardagi mevalar qaysi faslda pishadi?
- Kapalaklar bahordagidan, yozdagidan ko‘pmi, ozmi?
- Kuz fasli nimasi bilan go‘zal?
- Qish fasli-chi?
Bolalar bu savollarga javob berar ekan, olma, xurmo bargla- 
rini solishtiradilar. Olma bargi sariq, to ‘q sariq, qirmizi rangda 
rangini tovlanishi, xurmo barglaridan hali yashillik ketmagan-
192


ligi, o‘t-o‘lanlar ham birin-ketin sarg‘aya boshlaganligini ku- 
/atadilar va olmalardan keltirgan savatlariga, yelim xaltalarga 
solib oladilar.
Xurmolar hali terib olinmagani, ammo to‘q sariq rangda yal-yal 
tovlanishi, uni birdaniga daraxtdan uzib, yeb bo‘lmasligi, 3-4 kun 
uyda saqlab, yumshay boshlagandan keyingina yeyish mumkinligi, 
o‘shanda meva totli bo‘lishi tushuntiriladi.
Bu sayrda bolalar yeb ko‘rgan, ammo daraxtini, unda mevalar- 
ning pishishini ko‘rmagan xurmo haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. 
Bahor kelsa, bog‘chalari hovlisiga ham xurmo ko‘chati o‘tqazishga 
kelishadilar.
Sayr oxirida bolalar qizil, sariq, qirmizi barglardan terib, gulcham- 
bar yasaydilar. Bunday sayrlar bolalaming dunyoqarashini shakllanti- 
rishga, lug‘at boyligini oshirishga, nutqini boyitishga yordam beradi.
Kuz faslida qushlaming uchib ketishi haqida ham maroqli suh­
bat uyushtirish mumkin. Suhbatdan maqsad - bolalaming kuzda 
qushlaming (qaldirg‘och, chug‘urchuq va boshqalar) uchib ketishi, 
qarg‘alaming uchib keljshi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va qush­
lar dunyosini kuzatishga qiziqtirish bo‘ladi.
Suhbatga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi quyidagi savollami 
belgilab olishi mumkin:
- Yozda qanday qushlarni ko‘rgansiz? Qaysi qushlaming ovozini
eshitgansiz?
- Qushlami tanib, bilib olishda sizga kim yordam bergan?
- Qushlar kuz oxirida nima uchun issiq o‘lkalarga uchib ketadi?
- Qishda nima uchun pashsha, chivin, kapalak va qo‘ng‘izlar
ko‘rinmay qoladi?
- Hovlingizda musicha va maynalar bormi? Ular nega uchib ket-
maydi?
Mazkur savollarga javoblar, albatta, tarbiyachi tomonidan 
to‘ldirilib, tuzatib boriladi. Bolalar uchun talay yangiliklar ham 
ma’lum bo‘lib, bu yangiliklami zukkolik bilan o‘zlashtirib olgan- 
liklari ulaming nutqlarida ham namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, hozirgi davrda deyarli ko‘pchilik xonadonlarda to‘tilar 
parvarish qilinadi.
193


Shuning uchun, to‘tilar hayoti bilanbog‘liq savollar asosidagi suh­
bat bolalarning qiziqishini yanada oshiradi hamda bog‘lanishli nutqni 
rivojlantirishga yordam beradi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, bolalarning tevarak-atrof bilan mu- 
loqoti qancha ko‘p bo‘lsa, ulaming bog‘lanishli nutqi shunchalik sa- 
marali rivojlana boradi. Tevarak-atrofdagi rangin dunyo ular tasav- 
vuri va dunyoqarashini shakllantirishga, so‘z zaxirasini boyitishga, 
nutqini o‘stirishga rag‘bat uyg'otadi.
Ayniqsa, qish fasli bilan bog‘liq mashg‘ulotlar bolalarning qiziqishiga 
yanada mos tushadi. Masalan, bog‘cha hovlisida qor yog‘ishini kuzatish 
jarayonida quyidagi savollar asosida suhbat uyushtirish mumkin:
- Qor uchquni nimaga o‘xshaydi?
- Nima uchun qor uchquni kapalakka o‘xshatiladi?
- Qor uchqunlari nima uchun har xil bo‘ladi?
- Qorda yurganida odam nima uchun sovqotadi-yu, qorbo‘ron
o‘ynaganida isib ketadi?.
- Qor odam qachon erib ketadi? 
:
- U nima uchun erib ketadi?
- Sirpanchiq o‘ynash uchun nima qilish kerak? ;
Savol-javob jarayonida tarbiyachi bolalarni kundalik hayot bilan
tanishtira boradi, tabiatdagi o‘zgarishlami kuzatish vositasida bili- 
mini boyitadi, nutqini rivojlantiradi. Savol-javob orqali bolalar qor 
uchqunlarining har xil shaklda bo‘lishi, uning turli tezlikda yog‘ishi 
sabablarini bilib oladilar, havo harorati bilan bog‘liq o'zgarishlami 
tushunib yetadilar, qish mavsumidagi qiziqarli mehnat jarayoni bilan 
tanishadilar; qor kurash, supurish, qor bosgan joylarda qushlarga don 
tashlash uchun joylar tayyorlash kabi ishlami zavq-shavq bilan, ham- 
korlikda bajaradilar va tarbiyachi, tengdoshlari bilan faol muloqotda 
bo'ladilar. So‘zlashuv jarayonida ishlatiladigan «qor uchqunlari», 
«kapalak qor», «lo‘ppi-lo‘ppi qor uchquni», «qor kurash», «muz 
yo‘lak», «don xo‘rak», «qor odam», «muz tepa» kabi so‘z va so‘z 
birikmalari dialogik nutqni shakllantirishga yo‘l ochadi.
Nutq o‘stirishga oid mashg‘ulotlar samaradorligini ta’minlashda 
mavzulaming qiziqarliligi alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, «Boy- 
chechakning ochilishi» mavzusidagi ertalik o‘tkazish fikrimiz dalilidir.
194


Bolalar bog‘chasimng katta guruhida ertalikka tayyorlanishda 
bolalar rollarga bo‘linib, boychechak haqidagi she’rlar va qo‘shiqlar 
tarqatiladi.
Guruh xonasi ertalikkacha qog‘ozdan ishlangan boychechak, bi- 
nafsha, lola kabi gullar bilan bezatiladi.
Ertalik «Boychechab> qo‘shig‘i bilan boshlanadi. Ikki bola «Boy­
chechak» qo‘shig‘ini galma-gal ijro etadi.
Jarchi bola boychechak tergani hammani dalaga chorlaydi.
Bolalar «Dala»da boychechaklar - qog'ozdan yasalgan gullami 
tcra boshlaydilar va qo‘shiq kuylaydilar, raqs ijro etadilar.
Qo‘shiq ijrosi va raqslarda guruhning barcha a’zolari ishtirok etadilar.
«Boychechakning ochilishi» bilan bir qatorda «Gullar bayrami» 
ham bolalar sevib o‘tkazadigan ertaliklardandir. Uni o‘tkazishdan 
oldin guruhdagi barcha bolalarga gullar haqida she’r, topishmoq, 
raqslar bo‘lib beriladi, bolalar «Gulchi qiz», «Boychechak», «Bi- 
nafsha», «Lola», «Atirgul», «Rayhon», «Chuchmoma», «Bo‘tako‘z», 
«Gulsafsar», «Nomozshomgul», «Gulbeor», «Gulxayri» va boshqa 
gullar timsolida she’rlar yodlaydilar.
Bu xildagi ertaliklar bolalarda ham esteiik didni tarbiyalash, ham 
nutqni rivojlantirish usullari, vositalari sifatida katta yordam beradi.
Savol-javoblar asosida suhbatlar o‘tkazish orqali bolalarda nutqqa oid 
muayyan darajada malaka hosil qilgach, hikoya tuzishga o‘rgatgan ma’qul.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin