Sarvar:
Demak, xonamizdagi gullami ham parvarish qilsak, ular
ni ko‘paytirsak, xonamiz ham chiroyli va go‘zal bo‘ladi.
Sevara:
Bog‘chamiz shinam bo‘ladi, biz quvonamiz. Har kuni
bog‘chamizga, guruhimizga kelgimiz kelaveradi.
Bolalar guruhi bilan suhbat uyushtirilganda, suhbat uchun ular-
ning kundalik turmushida uchraydigan transport turlari tanlandi. Suh
bat quyidagi savollar asosida olib borildi:
1. Odamlar bir-birlarinikiga, ishga, o‘qishga nimada boradilar?
(yengil avtomobil, avtobus).
2. Quruqlikda yuradigan qanday transport turlarini bilasiz? (av
tobus, poyezd, yuk mashinalari, yengil mashinalar).
3. Suvda qanday transport turlari yuradi? (paraxod, qayiq, kater,
suv osti kemalari).
4. Havoda-chi? (samolyot, vertolyot, raketa, kosmik kema).
Suhbat jarayonida bolalarning mavzudan chalg‘ib ketish hollari
ham bo‘lib turadi. Shuning uchun yo‘naltiruvchi savollardan ham
foydalanildi. Bu xildagi suhbatlarda, albatta, bolalarning barchasi
qatnashis ii maqsadga muvofiq.
Yuqoridagi guruh bilan navbatdagi suhbat sayrga chiqish jara
yonida olib boriladi. Sayrga ota-onalardan 2 kishi hamrohlik qilishi
mumkin. Tarbiyachining maxsus maslahatidan so‘ng 2 ta kichik gu-
ruhda suhbat qilinadi.
Sayr «Bog‘chadan shahar markaziga sayohat» deb ataladi. Bolalar
sayrga avtobusda ketadilar.
Yo‘lda suhbat quyidagicha davom etadi:
Tarbiyachi:
Bolalar, biz sayrga nimada ketyapmiz?
Dostları ilə paylaş: