Tarbiyachi:
Juda yaxshi. Biz ham bugun Mustaqillik maydonini
tomosha qilamiz. Buning uchun
metro hamda avtobusga chiqamiz,
ma’qulmi, bolalar?
Bunday suhbatlar bolalarning kundalik faoliyatida, sayru
sayohat-
larda samarali natija berishi shubhasizdir. Buning uchun tarbiyachi
ana shu suhbatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi, savollar, tushunti-
rishlar, xulosalami rejalashtirishi talab etiladi.
Chunki savollar bo-
lalaming javob berishini taqozo qiladi, o‘ylashga o‘rgatadi - dialog esa
bolalar nutqini to‘g‘ri shakllantiradi. Bunga o‘rgatish uchun o‘yinlar
yoki «vaziyatlar» yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada bo-
lalaming o‘zlari ham savollar berishga, izlanishga o‘rganadilar.
«Telefon», «Tez yordam» kabi o‘yinlar bolalarda katta qiziqish
uyg‘otishini ko‘rsatdi.
Tarbiyachi о‘yinchoq telefonni olib Salimaga murojaai qiladi:
- Salima, buvinglar seni so‘rayaptilar, buvijoning bilan so‘rashgin,
hol-ahvolini bilgin.
Salima telefonni olib, «buvisi» bilan so‘zlashadi:
-
Assalomu alaykum, buvij on! Yaxshimisiz, sog‘ ligingiz qanday?
- Ha, ha, bizlar salomatmiz, oyimlar, dadamlar ham.
- Ha, ha, ular sizga salom aytishyapti, Dilshod akam ham, So-
hiba opam ham.
- X o‘p bo‘ladi, ularni xafa qilmaymiz. Dam olish kuni sizni
ko‘rgani boramiz.
- Rahmat, buvijon, siz ham sog‘ bo‘ling, kasal bo‘lmang.
Tarbiyachi:
Salima telefonda juda yaxshi so‘zlashdi. Odobi, shi-
rin so‘zlari, mehribonligi bilan buvisini xursand qildi.
Qani, kim telefonda «buvi» bo‘ladi, u Salima
bilan gaplashadi va
suhbatni to‘ldiradi?
Dostları ilə paylaş: