Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

5. Kattalar mehnati.
• 
Sanoat korxonalariga sayohat.
• 
Kasblar haqida ma’lumot.
• 
Dehqonchilik, bog‘dorchilik, sohalari haqida ma’lumot.
• 
So‘pon-cho‘liqlar, sut sog‘uvchilar mehnati tushuncha hosil 
qilish.
• 
Pillakorlik mehnati.
• 
Qurilish obyektlariga sayohat.
182


• 
Qurilishda ishlatiladigan asbob-uskimalar.
• 
Maishiy xizmat ko‘rsatish sohalari.
• 
Madaniyat xodimlari.
• Yo‘l harakati qoidalari.
• 
Aloqa vositalari.
6. Bolalar o‘yinlari.
• 
Ot o‘yin, do‘ppi o‘yin, hammompish, tosh o‘yini, chillak, var- 
rak, loysuvoq o‘yini.
• 
Chitti gul, o‘q terakmi-ko‘k terak, tepdik-sandiq ochildi, boy- 
chechagim boylandi, hakkalakam-dukkalakam.
• «Qorxat», «Qorqiz». «Qorbobo» o‘yinlari.
Yuqoridagi mavzulaming har biri bolalaming tevarak-atrof haqi­
dagi bilimlarini boyitish bilan birga, bog'lanishli nutqni ham rivojlan­
tirishga hizmat qiladi.
Masalan, 1-sentabr mustaqillik kuni umumxalq bayrami sifatida 
nishonlanar ekan, avval guruhdagi ertaliklar, so‘ng bolalaming ota- 
onalari bilan Toshkentdagi mustaqillik maydoniga, shahardagi milliy 
boqqa sayohat uyushtirish natijasida ularning lug‘atida mustaqillik 
bayrami, mustaqillik maydoni, milliy bog‘, Alisher Navoiy haykali, 
0 ‘zbekistonning Birinchi Prezidenti - I.A.Karimov, 0 ‘zbekiston 
gerbi, 0 ‘zbekiston bayrog‘i, 0 ‘zbekiston madhiyasi, Toshkent -
0 ‘zbekistonning poytaxti, metropoliten kabi tushuncha va birikmalar 
bilan boyiganligining guvohi bo‘ldik. Bolalaming so‘z zaxirasi bevo- 
sita lco‘rgan-kuzatganlari asosida orta boradi degan xulosaga keldik.
Masalan, Toshkent shahri bo‘ylab sayohat natijasida bolalar- 
ning lug‘at boyligiga birdaniga bir necha mavzu bo‘yicha so‘zlar, 
birikmalar qo‘shiladi. Masalan, Amir Temur maydoni, Amir Temur 
haykali, Amir Temur - buyuk sarkarda, Toshkent mehmonxonasi, 
« 0 ‘zbekiston» mehmonxonasi, 0 ‘zbekiston tarixi muzeyi, San’at 
saroyi, Milliy teatr, Markaziy univermag, Chorsu bozori, Hayvo- 
not bog‘i kabilar shular jumlasidandir. Bular 6-7 yoshli bolalaming 
kundalik turmushda hali ishlatilmasa-da, ulaming xotirasi kuchli 
bo‘lgani bois so‘z va birikmalami yaxshi o‘zlashtirib oladilar.
Bolalaming bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug‘at 
boyligini faollashtirish muhim va zarurdir.
183


Qishloq bolalari ko‘proq o ‘ynaydigan o‘yinlar ulaming sanoqlar- 
ni o‘rganishga, nafas yo‘llarini rivojlantirishga yordam berish bilan 
birga, lug‘at boyligini oshirib, faollashtiradi. Bunda ayniqsa, qo‘shiq- 
o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir ikki, o‘n olti,
0 ‘n olti deb kim aytdi?
0 ‘n olti deb men aytdim,
Ishonmasang sanab ko‘r ...
( 0 ‘yindagi bolalar sanaladi).
Yoki,
Hakkalakam, dukkalakam,
Chori amal, beri amal,
Qayda edi, tog‘da edi 
Tog‘man, zuvman... 
- _
(Chillak zuvillanadi).
Ayni paytda qo‘shiq-o‘yinlar. topishmoq-o‘yinlar, sanoq o‘yinlar 
bolalarning bilimini oshiradi, aqlini charxlaydi, hozirjavob, zukko 
etib tarbiyalaydi.
«Chitti gul-o, chitti gul», «Oq terakami - ko‘k terab), «Tep- 
dim sandiq ochildi» ertak - o ‘ymlari ham shunday ahamiyatga ega 
о‘yinlardan sanaladi.
Chitti gul-o, chitti gul,
Hay-yu, chitti gul.
Chittigulga gul bosay,
Hay-yu, chitti gul.
Dukur-dukur ot keldi,
Chiqib qarang kim keldi?
Aravada un keldi,
Childirmada pul keldi.
Hay-yu, chitti gul,
Hay-yu, chitti gul.
Yoz fasli bilan bog‘liq «Laylak keldi, yoz bo‘ldi» qo‘shig‘i ham 
bolalarning sevimli qo‘shiqlaridan hisoblanadi:
Laylak keldi, yoz bo‘ldi,
184


Qanoti qog‘oz bo‘ldi.
Laylak boradi toqqa,
Quloqlari halqa.
Halqasi tushib qoldi,
0 ‘tirdi yig‘lamoqqa.
«Chitti gul», «Dukur-dukur ot keldi», «Aravada un», «Childirma- 
da pul», «Oftob chiqdi olamga», «Cho‘pchak ter», «Kulcha yopdi 
bir o‘choq», «Laylak keldi, yoz bo‘ldi», «Qanoti qog‘oz bo‘ldi» 
mazmuni gullar qushlar, narsalaming nomi, ulaming asl va ko‘chma 
ma’nolari, badiiy ta’sir vositalari, bir tomondan bolalarning tez yod- 
lash qobiliyatini oshirib, yangi-yangi so‘zlaming ma’nosini bilib 
olishlariga yordam bersa, ikkinchi tomondan, lug‘at boyligini faol- 
lashtiradi, nutqini ravon qiladi, ona tilining boyligiga, uning serqirra 
jilolariga qiziqishni oshiradi.
Bolalikda o‘yin jarayonida yod olingan bu qo‘shiqlar har bir in- 
sonning qalbida umr bo‘yi saqlanib qoladi. Bundan tashqari, tavsiya 
etilgan mavzular bolalar nutqining grammatik tuzilishini shakllanti- 
rishda ham yordam beradi. Bolalar nutqining grammatik qurilishini 
shakllantirish esa bog‘lanishli nuqni rivojlantirishda eng muhim ta- 
lablardan sanaladi.
2. 
Tevarak-atrofni bilishda bolalar nutqini rivojlantirish 
mashg‘ulotlari. Tevarak-atrofni o‘rganish jarayoni bola tafakkurini ri­
vojlantirishda boshqa hech narsa bilan almashtirish mumkin bo‘lmagan 
hissiy rag‘batlantirishga sabab boiadi. Bunday rag‘batlanish bog‘cha 
yoshidagi katta bolalar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Chunki 
tevarak-atrofdagi predmetlar, voqeliklar asosida tug‘iladigan hissiyot 
bola tafakkurida rivojlanib, uning tiliga, jonli ifodaga ko‘chadi. Shuning 
uchun ham bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni bilib borishi, uning 
go‘zalligini, bitmas-tuganmas murakkabliklarini his etishi, ijtimoiy mu­
nosabatlar va kattalar dunyosiga kirib borishi, uning har tomonlama ka- 
mol topishi bilan birga, bog‘lanishli nutqining ham boyib, shakllanib bo- 
rishiga olib keladi. Zero, bolalik dunyoni zavqlanib, hissiyotlarga to‘lib 
idrok etish, uni kashf etish bilan uyg‘undir.
Ma’lumki, pedagogik texnologiya deganda o‘quv-tarbiya jarayo- 
nini oldindan ma’lum tizimda uzviy loyihalash, ma’lum pedagogik
185


tizimning hayotda amalga oshiriladigan loyihasi, qurilishi degan 
ma’no tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda maktabgacha 
katta yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish ham ma’lum pedagogik 
tizimning loyihasidir. Ya’ni bolalarda nutqni rivojlantirish maqsadi, 
mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari ifodalangan bir 
butun tizim texnologiyasidir.
Biz hozirgi davr talabi darajasida maktabgacha katta yoshdagi 
bolalar nutqini o‘stirishning bir butun tizimi, mazmuni, o‘ziga xos 
xususiyatlarini aniqlab chiqdik hamda eng yangi talablar darajasida 
uni amalga oshirish metodlari, shakllari va vositalari texnologiyasini 
ishlab chiqdik.
Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan 
so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib, 
unda bola o‘zini tutishi, ko‘z qarashi, xatti-harakati, ovozining past- 
balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So‘zlashish -
dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ay- 
niqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jum- 
ladan, jamoat joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq madaniyatiga rioya 
etishga e ’tibor qaratiladi. 
;
Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, 
so‘rash, so‘rab bilib olish' dialogik nutqqa o‘rgatishning usullari 
sanaladi.
Maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida muayyan 
mavzular bo‘yicha uyushtiriladi.
Masalan, maxsus tayyorlangan suhbatlar quyidagicha tuziladi: 
dastlab mavzu belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi, 
savollar tuziladi. Lekin bulaming har biri nimaga? nima uchun? ni- 
madan? qanday qilib? kabi izlanuvchi va muammoli savollar tarzida 
bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, savollar, umumlashtiruvchi xarakter 
kasb etishi ham mumkin.
Bunda muloqot mashg‘uloti suhbat, muqaddima, asosiy qism va 
xulosadan iborat bo‘ladi.
Masalan, «Bahorda bog‘cha hovlisiga gul o‘tqazdik» mavzuida 
suhbat. Bu suhbat bog‘cha hovlisiga gul o‘tqazilgandan keyingi kun 
bo‘lishi mumkin.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin