Tarbiyachi:
Bolalar, biz bog‘cha
hovlisiga qanaqa gullami
o‘tqazdik? Kim qanday gul ko‘chati olib kelgan edi?
Bolalar:
Biz atirgul, ra’no gul, lola, gulsafsar, kamaygul, xrizan-
temalami o‘tqazdik.
Lola:
Men atirgul olib keldim.
Zahro:
Men ra’no guli ko'chatini olib keldim.
Mehriniso:
Men xrizantema ko‘chatini keltirdim.
Bahrom:
Men lola guli piyozini olib keldim.
Tarbiyachi:
Kimning guli qayerda o‘sayotganini
qanday qilib
bilib olasiz?
Lola:
Gullarimiz ochilganda bilib olamiz.
Tarbiyachi:
Ulami kim parvarish qiladi?
Bolalar:
Hammamiz parvarish qilamiz.
Shoxruh:
Bog‘bon bobomiz parvarish qiladilar.
Tarbiyachi:
Bolalar, biz parvarish qilamizmi, bog‘bon bobomizmi?
Gulnoza: Bog‘bon bobomiz keksalar. Biz u
kishiga gullar parva-
rishida yordam qilishimiz kerak.
:
Tarbiyachi:
To‘g‘ri, bu gullami biz o‘tqazdik,
endi uliming par-
varishiga ham yordam beramiz. Ayting-chi,
gullar qanday parvarish
qilinadi?
*
Shoxsanam:
Suv quyamiz.
Lola:
Tagini yumshatib, chopiq qilamiz.
Gulnoza:
0 ‘tlardan tozalaymiz.
Tarbiyachi:
Juda to‘g‘ri javob berdingiz. Orangizda « ‘sayotgan
gullami payhon qilib tashlaydigan bolalar ham bormi?
Nosir:
Yo‘q, biz unday bolalami gulzorimizga qo‘ymaymiz.
Lola:
Gullami yulib bo‘lmaydi, deb tushuntiramiz.
Tarbiyachi:
Juda yaxshi aytdingiz.
Gullami payhon qilib
bo‘lmaydi. Har bir bola bittadan gul uzaversa, nima bo‘ladi? Gullami
yulib ham bo‘lmaydi. Chunki, ular hayotimizni yanada go‘zal qiladi.
Dostları ilə paylaş: