22-23-§. Tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi yuzasidan olib
boriladigan ishlar mazmuni
Reja:
1. Bolalarni to ‘g ‘ri talaffuzga о ‘rgatishning mazmuni va mohiyati.
2. Talaffuzga о ‘rgatishning asosiy bosqichlari.
3. Bolalarni to ‘g ‘ri talaffuzga о ‘rgatish asosiy vazifalari.
4. Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan turli organlarning
ahamiyati.
Tayanch tushunchalar:
to 'g ‘ri talaffuz, tovush, tovush apparati,
generator, energetik, rezonator, tembr, diapazon, tovush jarangdor-
ligi, tovush egiluvchanligi, tovush harakatchanligi, xattaxta, pauza-
temp, ritmika, diksiya.
Bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishning mazmuni va mo
hiyati.
Tarbiyachi u yoki bu tovush tarkibida turli nutq organlari:
lablar, tishlar va til ishtirok etayotganini ko‘rsatadi
hamda tushuntirib
beradi. Bolalaming tovushlami ifoda etishda nutq organlari holatini
ko‘rib olishlari ulaming to‘g‘ri talaffuzni o‘zlashtirib olishlarida
yordam beradi. Bu boradagi ish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu
yo‘nalishdagi mashqlar ijobiy natijalarga olib keladi. Amaliyotda bu
metodik usultar ko‘pincha birgalikda qo‘llaniladi va ular doimo bir-
birini to‘ldiradilar.
«I» qattiq tovushining to‘g‘ri talaffuzini shakllantirish.
Tarbiyachi tovush artikulatsiyasini
namoyish etadi va bolalarga
tilning talaffuz chog‘idagi holatini ko‘rishni taklif qiladi. So‘ngra
u tovushni bir necha bor talaffuz qiladi, keyin esa bolalar uni
takrorlaydilar. Agar bolalar so‘zlardagi tovushni to‘g‘ri
talaffuz
eta olsalar, yangi gaplarga va to ‘rt qatorli kichik-kichik she’rlarni
yod olishga o‘tish mumkin. Ravon nutqni rivojlantirish asosida
turli aloqa vositalaridan (so‘zlar, gaplar, matn qismlari o‘rtasida)
foydalanish, turli toifadagi matnlar - tasvirlash, bayon qilish, mu-
lohaza yuritish tuzilmasi haqidagi tasavvurlami
shakllantirish qo-
biliyatini о‘rgatish yotadi.
Dostları ilə paylaş: