ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matn-
ga mantiqiy va emotsional urg‘u berish orqali o‘z
munosabatini
bildirishni o ‘rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli
topshiriqlardan ko‘proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyat-
lar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi
ravon fikrlami tuzish - hikoya qilish, tasvirlash,
mulohaza yuritish
uchun zarur bo‘ladi.
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga
fikrlaming predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib
chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari
va shartlariga mos ke-
lishini hisobga olishni o‘rgatishi lozim.
Nutqning past-balandligi o‘rinli bo‘lishi, tezligi esa atrofdagi
muhitga va fikming maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to‘g‘ri
nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib uning ravonligi hisoblanadi.
Artikulatsion va intonatsion qobiliyatlaming uzviy bog'liqligi
keng ma’nodagi tinglash va artikulatsion-talaffuz ko‘nikmalarini
shakllantirishni nazarda tutadi.
Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so‘zning tovush tarkibini,
so‘zdagi urg‘u o ‘rnini tinglab, aniqlay olishga,
qofiya va vazn-
ni his qilish tuyg‘usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so‘zlar,
iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobili
yatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalani
shi zarur.
Bu murakkab nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish fonetik
mashqlarni
takrorlashni, ularni muntazam ravishda o‘tkazishni ta
lab qiladi.
Dostları ilə paylaş: