Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Vazifalar:
Mashg'ulot vaqtida har bir bolani diqqat-e’tibor bilan kuzatib, 
mashqni qanday bajarayotganini tekshirib turish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalaming gapirishimiz uchun bizga nimalar yordam beri- 
shi (lablar, til uchi, til kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, 
tovush, og‘iz, lablar) haqidagi tushunchalari yanada mustah- 
kamlanadi. Tilning asosiy harakatlari: tilni yuqoriga ko‘tarish, 
pastga tushurish, tilni og‘iz burchaklariga yo‘naltirishni mus- 
taqil bajara oladilar.
203


Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok
etishga mo‘ljallangan interfaol usullar:
Aqliy faujum.
Qisqa hikoya.
Savol-javob.
Tetiklashtiruvchi mashqlar.
Kerakli jihozlar:
«Quvnoq tilcha haqida» ertagi bilan ishlashni mo‘lj allash.
Mashg‘ulotnmg 
borishi.Tarbiyachi: Bolalar, qani ayting-chi: 
«Biz nima orqali gapiramiz?» (og'zimiz bilan). To‘g‘ri, og‘zimiz 
orqali. Og‘zimiz uychaga o‘xshaydi. Bu uychada nima yashaydi? 
To‘g‘ri, til. Til haqida ertak eshitganmisiz? Qani eslab ko‘ring-chi. 
Til uychada yashaydi. U yashaydigan uychaning eshigi bor-a? Uning 
uychasida bitta eshikcha emas, balki ikkita eshikcha bor edi. Birin- 
chi eshigi-lablar, ikkinchi eshigi -tishlar. Bu uyning shifti ham bor 
edi. Bu nima deb atalar edi? To‘g‘ri, tanglay. Biz gapirmaganimizda 
uychaning ikkala eshikchasi yopiq bo‘ladi va tilcha ko‘rinmaydi. 
Hammangiz og‘zi:agizni yoping va bir-biringizni og‘zingizga qarang. 
Tilcha qorong‘ida o‘tiraverib zerikib, ko‘chaga chiqib sayr qilib kel- 
moqchi bo‘Iadi. Awal til uchini chiqarib, havo qanday ekanligini 
bilib olmoqchi bo‘ladi. Kelinglar, hammamiz shunday qilamiz (tar- 
biyachi bolalami bu harakatni qanday bajarayotganliklarini tekshirib 
chiqadi). Mana, qanday keng tilcha, hammangiz bir-biringizga qa- 
ranglar. Birdan qattiq shamol esdi, tilcha burishdi. Ingichka bo‘lib 
oldi, so‘ngra butunlay uychasiga yashirinib, uxlash uchun karavat- 
chasiga cho‘zildi. (bolalami tekshirish).Uyqudan uyg‘ongan tilcha 
mashq qilmoqchi bo‘ldi, yuqoriga ko‘tariIa boshladi.(yuqoridagi 
tishlar orqasiga), so‘ngra pastga tushadi (pastki tishlar orqasiga) (tar- 
biyachi har bir bolani tekshiradi). Tilcha avval mashqni sekin-sekin 
bajaradi, so‘ngra tez-tez sakray boshladi. U sakraganda shiftga yetay- 
yetay dedi, sakrab shiftni til uchi bilan silab qo‘ydi.Tilcha mashq 
qilib bo‘lgach, yana ko‘chaga chiqmoqchi bo‘ldi. Ko‘chaga chiqib 
zinapoyaga o‘tirdi(tilning keng oldingi qirrasini pastki labga qo‘yish, 
bolalar bu harakatni bajarayotganlarida pastki lablarini qiyshaytir- 
masinlar, pastki tishlarga tegizmasinlar). Bir o‘zi o‘tiraverib zerikdi,
204


o‘ynash uchun ko‘chada hech kim yo‘q edi. Bolalar yo‘qmikin, deb 
tilcha aw al o‘ng tomonga, so‘ngra chap tomonga qaradi. Hech bir 
bola yo‘q edi. Bolalarni qidirib uyining atrofida yugura boshladi(til 
og‘iz atrofida aylanma harakat qiladi). Birga o‘ynash uchun sherik 
topdi, sevinganidan sakradi, va tili bilan cho‘lpillatdi (tilni tanglay- 
ga yopishtirib, uchi bilan cho‘lpillatadi (bolalar tekshiriladi). Tilcha 
mazza qilib sayr qilganidan so‘ng uyiga ketdi va ikkala eshikni yopdi. 
Uychasining eshiklari oddiy emas, ikki qavatli. Bular - lablar. Mana 
yuqorigisi, mana pastkisi (ko‘rsatadi). Lablar ham ko‘p harakat qila 
oladilar. Mana ular ko‘p harakat qilib jilmayishdi. Kelinglar ham- 
mamiz jilmayamiz, so‘ngra ular nimagadur achchiqlandilar va ol- 
dinga naychaga o‘xshab cho‘zildilar (tekshirish). So‘ngra lablar biroz 
ochilib, ikkinchi eshikni ko‘rsatishdi (tarbiyachi tishlarini ko‘rsatadi). 
Mana yuqorigi tishlar, mana bu pastki tishlar.
Hamma eshiklami yopamiz, tilcha juda ham charchadi, uning dam 
olgisi kelyapti.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin