Multimedia vositalari asosida ta’lim-tarbiya berish hozirgi kunning
dolzarb masalalaridandir. Multimedia - bu informatikaning dasturiy va
texnikaviy vositalari asosida audio, video, mant, grafika va animatsiya
effektlari asosida o‘quv materiallarini maktabgacha yoshdagi bolalarga
yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir25.
Multimedia vositalari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga
ta’lim-tarbiya berish quyidagi afzalliklarga ega:
A) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq
o‘zlashtirish imkoniyati bor;
B) ta’lim-tarbiya olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa
qilish ishtiyoqi
yanada ortadi;
V) ta’lim-tarbiya olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni te-
jash imkoniyatiga erishish;
G) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak
bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Demak, kompyuterli didaktik o‘yinlar ta’lim bilan bevosita bog‘liq
bo‘lib, ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam qiladi. Kompyu
ter va uning xotirasidagi ta’limiy o‘yinlar birgalikda,
multimedia
texnologiyasi (compyuterli ta’lim)ning o‘yinlar bo‘yicha asosiy didak
tik vositasi hisoblanadi. Kompyuter xotirasidagi o‘yinlardan tashqari,
qo‘shimcha didaktik o‘yinlar tayyorlash mumkin.
2.
Media ta ’limning asosiy mazmuni. Respublikamizning peda
gogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslanganhamda О ‘zbekistonning
ijtimoiy-pedagogik sharoitga moslashgan ta’lim texnologiyalarini
yaratish va ulami ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar.
Bu yerda nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalami
ilmiy-nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati
tug‘ildi, degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Jamiyatimizga qancha-
dan-qancha bilimli kadrlami va yuqori malakali olimlami yetishtirib
kelgan pedagogika uslublari
mavjudki, ulaming eskirib, talabga ja
vob bermay qolgan joylarini o‘zgartirib, milliy tus berib, foydalana-
versa bo‘lmaydimi? - degan mulohazalar ham kam emas. Pedagogik
jamoatchilikning aksariyati, aynan mana shu yo‘ldan bormoqda. Bu
yo‘l ilojsizlikdan izlab topilgan bo‘lib,
qisqa muddat xizmat qilishi
Dostları ilə paylaş: